| Shirin Azizova | |
|---|---|
| Tavalludi | 10-yanvar 1940-yil Gʻijduvon, Buxoro, OʻzSSR, SSRI |
| Vafoti | 15-iyul 2006-yil (66 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | aktrisa |
| Faoliyat yillari | 1961—2006 |
| Turmush oʻrtogʻi | Toʻgʻon Rejametov |
| Bolalari | Zuxriddin Rejametov, Fotima Rejametova |
Shirin Mirxonovna Azizova (10-yanvar 1940, Gʻijduvon — 15-iyul 2006-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988).
Taʼlim
Shirin Azizova Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetigaoʻqishga kiradi va institutni 1961-yilda tamomlaydi.
Mehnat faoliyati
1961-1964-yillar Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat musiqali drama teatri sahnasida chiqish qilgan. 1968-yildan Toshkentdagi Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyatini davom ettiradi. 1987-yilda esa Hamza teatrida ish boshlaydi. Azizova ijodiga lirik, dramatik rollar yaqin boʻlib, obrazlari hayotiyligi, sahna nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi. Shirin Azizova 1981-yildan beri filmlarda rol oʻynay boshlaydi.
Rollari
Teatr
Xolishon, Sora, Maysara („Xolisxon“, „Ishq qurbonlari“, „Maysaraning ishi“), Rohila („Birinchi muhabbat“), Muhabbat („Oʻn sakkiz yoshligim“), Nozi („Bahs“), Oʻzbekoyim („Oʻtgan kunlar“), Tamara („Jar“), qaynona („Chimildiq“) kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Filmlar
„Tangalik bolalar“ (1990-yil), „Temir erkak“ (1991-yil), „Kelgindi kuyov“ (2005-yil), „Sen meni sevasanmi“ (2006-yil), „Mergan militsiya“, „Qabrdan qaytgan umr“ (2010-yil) kabi filmlarda rollar ijro etgan.
Oilasi
- Shirin Azizovaning turmush oʻrtogʻi taniqli aktyor Toʻgʻon Rejametov (1938—1982-yil);
- Oʻgʻli — aktyor Zuxriddin Rejametov 1962-yil,
- Qizi — aktrisa Fotima Rejametova 1970-yil.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 15-iyulda vafot etganlar
- 2006-yilda vafot etganlar
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- 10-yanvarda tugʻilganlar
- 1940-yilda tugʻilganlar
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari