| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Akmola viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Akmoʻl |
| Asos solingan sanasi | 1936-yil |
| Akim | Junusov Manat Qunantayevich |
| Rasmiy tillar | qozoq, rus |
| Aholi (2013) | 61,278 |
| Zichligi | 7,7 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar - 67,16% Ruslar - 16,03% Olmonlar - 4,08% Ukrainlar - 3,84% Beloruslar - 2,47% Tatarlar - 1,78% Polyaklar - 1,07% boshqalar - 3,57% |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
| Maydoni | 7 888 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 |
| Pochta indeksi | 010016-010029 |
| Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 51°9′0″N 71°21′0″E / 51.15000°N 71.35000°E | |
Tselinograd tumani — Akmola viloyatining janubi-sharqida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,4 ming km². Aholisi 61,278 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Akmoʻl qishlogʻi. Tuman hududi orqali Astana — Qarataldi (Qartali), Qaragʻandi — Petropavlovsk, Astana — Pavlodar temir yoʻli va Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Aholisi
Aholisi 61,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)
- qozoqlar — 28 885 kishi (67,16 %)
- ruslar — 6 893 kishi (16,03 %)
- olmonlar — 1 756 kishi (4,08 %)
- ukrainlar — 1 651 kishi (3,84 %)
- beloruslar — 1 063 kishi (2,47 %)
- tatarlar — 766 kishi (1,78 %)
- polyaklar — 460 kishi (1,07 %)
- moldavanlar — 138 kishi (0,32 %)
- boshqirdlar — 136 kishi (0,32 %)
- koreyslar — 126 kishi (0,29 %)
- chechenlar — 116 kishi (0,27 %)
- udmurtlar — 102 kishi (0,24 %)
- boshqalari — 915 kishi (2,13 %)
- Umumiy — 43 007 kishi (100,00 %)
Iqlimi
Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, qorning oʻrtacha qalinligi 20 sm. Iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 — 300. mm.
Ijtimoiy soha
Tumanda 1 bolabogʻcha, 26 ta oʻrta, 14 ta toʻliqsiz, 10 ta boshlangʻich maktab, kasbiy-texnik maktab, 1 oliy oʻquv yurtining filiali, 1 musiqa, 1 sport maktabi, 62 ta klub, 68 ta kutubxona, 15 ta oilaviy-shikorlik shifoxona, 31 feldsher-akusherlik punkt bor.
Katta qishloqlari
- Malinovka qishlogʻi
- Qabanbay qishlogʻi
- Ilinka qishlogʻi
- Novotimofeevka qishlogʻi
- Jangʻizqudiq qishlogʻi
- Oʻrazaq qishlogʻi
- Qozogʻiston tumanlari
