Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ayman Muhammad Rabi al-Zavahiri (arabcha: أيمن محمد ربيع الظواهري‎‎; 1951-yil 19-iyun — 2022-yil 31-iyul)misrlik vrach va ilohiyotchidir. 2011-yilning iyunidan

Ayman az-Zavahiri

Vikipediya, erkin ensiklopediya
az-Zavahiri (2001-yil noyabr)

Ayman Muhammad Rabi al-Zavahiri (arabcha: أيمن محمد ربيع الظواهري; 1951-yil 19-iyun — 2022-yil 31-iyul)misrlik vrach va ilohiyotchidir. 2011-yilning iyunidan to oʻlimiga qadar, yaʼni 2022-yilning iyuligacha „Al-Qoida“ga yetakchilik qilgan. 2011-yilda Usoma bin Lodindan keyin „Al-Qoida“ boshqaruvini qoʻlga olgan.

2001-yil 11-sentabr terror xurujlaridan keyin az-Zavahirining qayerda ekanligi haqidagi maʼlumot uchun AQSh davlat departamenti $25 million miqdordagi mukofot taklif etgan.

2022-yilning 31-iyulida az-Zavahiri Kobulda AQSh dron hujumi oqibatida oʻldirildi.

Yuqori