| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Aleksandr Vladimirovich Sayun | ||
| Tavallud sanasi | 1975-yil 1-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Termiz, Oʻzbekiston SSR, SSSR, | ||
| Ampluasi | himoyachi, yarimhimoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1991 1992 1994 1996 1997 1998 1998 1999 1999—2000 2001 2002 2003 2003 2004 2005 2006—2009 2011 2011—2012 2015 2017 2018—hozirga qadar | | (1 (0) 24 (1) 4 (0) 10 (3) 34 (0) 11 (0) 13 (2) 6 (0) 20 (0) 1 (0) 17 (3) 12 (2) 3 (0) 34 (13) havaskor. 24 (2) havaskor havaskor havaskor havaskor havaskor) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1998—1999 | | (5 (0)) | |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Aleksandr Vladimirovich Sayun (1975-yil 1-yanvar, Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, himoyachi, yarimhimoyachi.
Futbolchilik faoliyati
Millati ukrain. 10 yoshida futbol oʻynay boshlagan. „Surxon“ (Termiz) oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, murabbiyi — V.D.Gluxov. 1991-yili „Sohibkor“ Xalqobod jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. 1992-yilda Gulistonning „Shifokor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston birinchi ligasi gʻolibi boʻlgan. 1994-yilda Oʻzbekiston chempioni. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida 4 ta oʻyin oʻtkazgan, biroq 1993-1995-yillardagi faoliyati haqida gapirishni yoqtirmaydi. 1996-yili „ASK Termiz“ jamoasida toʻp surgan boʻlsa, keyingi yili „MHSK“ tarkibida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.
1998-yilda Aleksandr Tarxanov bosh murabbiyligidagi Rossiyaning „Torpedo“(Moskva) jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi, biroq jamoaga Valentin Ivanov kelishi bilan Sayun zaxiraga oʻtkaziladi. Noyabr oyida „Torpedo“ bilan amaldagi shartnomasiga qaramay, ilgari unga qiziqish bildirgan „Spartak“da mashgʻulotlarni boshlaydi. 1999-yilning yanvar oyida Tarxanovning „Krilyax sovetov“ jamoasida, fevral oyida esa „Uralan“ tarkibida toʻp surgan. Mart oyida yana Tarxanov jamoasi bilan mashgʻulotlar oʻtagan boʻlsa ham, oy oxirida „Uralan“ga ijaraga berilgan.
Avgust oyida Sayun Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ klubiga Oleg Garin oʻrniga almashtiriladi. 2000-yil avgust oyida Sayunning „Paxtakor“ tarkibiga oʻtishi kutiladi, biroq 2000-2001-mavsum oraligʻida futbolchi „Rubin“ bilan yigʻinda ishtirok etadi. May-iyul oylarida „Svetotexnika“ klubida mashgʻulotlar oʻtkazib, Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshiradi, biroq transfer summasi oshirilgani sababli jamoa bilan shartnoma imzolamasdan „Amkar“ tarkibiga oʻtadi. Jamoada 30-avgust kuni faqat bitta oʻyin oʻtkazib, 72-daqiqada zaxiradan oʻyinga tushirilgan.
2002-yil fevral oyida „Svetotexnika“ klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Bir yil oʻtgach, transferga qoʻyiladiva aprel oyi oxirida „Lokomotiv-NN“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Avgust oyida Chelyabinskning „Lukoyl“ jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan. 2004, 2006-2009-yillarda „Dinamo“ (Kirov), keyinchalik „Vavilon Kirov“ (2011) va „Sarov“ (2011-2012) havaskor jamoalarida toʻp surgan. 2015-yilda LFL Novocheboksarsk „Boks“ futbol klubida oʻynagan. 1998-yil oxirida XIII Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi safida 4 ta, bir yildan soʻng Osiyo kubogida yana bir uchrashuvda maydonga tushgan va shu tariqa umumiy hisobda terma jamoa safida 5 ta oʻyin oʻtkazgan.
2017-yilda Penzaga koʻchib oʻtib u yerda „Zenit“ bolalar va oʻsmirlar futbol markazida (Penza) murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2017-yil 19-avgustda „Zenit UMBRO“ (Penza) klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.
- 1-yanvarda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Termizda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Sohibkor futbolchilari
- Guliston klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Torpedo Moskva klubi futbolchilari
- FC Elista futbolchilari
- FC Torpedo-2 futbolchilari
- FC Amkar Perm futbolchilari
- FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari
- FC Mordovia Saransk futbolchilari
- FC Spartak Nizhny Novgorod futbolchilari
- FC Dinamo Kirov futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar