Anvar Sobirov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | Sobirov Anvar Karimovich 1976-yil 24-iyul Urganch, Xorazm viloyati, OʻzSSR |
| Janrlar | Pop |
| Kasbi | Aktyor, xonanda |
| Faoliyat yillari | 2002-yildan hozirgacha |
| Fuqaroligi | |
Anvar Sobirov (1976-yil 24-iyul, Xorazm, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va xonandasi.
Hayoti
Anvar Sobirov 1976-yil 24-iyulda Xorazm viloyatining Urganch shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Ota-onasi asli xivalik boʻlgan. Uning akalari Murod Sobirov va xonanda Ogʻabek Sobirov.
Dastlab, „Komiljon Otaniyozov“ nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabida doira cholgʻusini oʻrganadi. 7-yoshidan boshlab esa toʻylarda doira ijro qiladi. 1995–1999-yillarda „Matyusuf Xarratov“ nomidagi Urganch musiqa bilim yurtida anʼanaviy xonandalik yoʻnalishida, 2007–2011-yillarda „Abdulla Qodiriy“ nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) ijtimoiy madaniy faoliyat yoʻnalishida tahsil olgan. Talabalik davrida doira cholgʻusi bilan hamnafas boʻlib, ustozlari bilan qoʻshiqlar ham kuylagan. 2024-yildan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Xonandalik faoliyati
Anvar Sobirov 2002-yilda ilk marta estrada yoʻnalishida „Voha-voha“ nomli qoʻshiq ijro etgan va bu qoʻshiq mashhurlikka erishgan. Ilk konsertini esa 2005-yil Istiqlol sanʼat saroyida bergan. Bundan keyin 2011-yilda Istiqlol sanʼat saroyida “Koʻzimga toʻtiyo Vatan tuprogʻi“ nomli, 2014-yilda „Ayyoming muborak elim“ nomli konsertlar qoʻygan.
2015-yilda Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Anvar Sobirovni „ma’naviyat targ‘iboti borasidagi darslarga qatnashmaganligi uchun“ litsenziyasini bekor qilgan. Lekin shu yilning yakunida litsenziyasini qaytarib olgan.
| Nomi | Shoir | Bastakor | Yil | Izoh | Manba |
|---|---|---|---|---|---|
| Voha-voha | 2002 | ||||
| Rotalla | |||||
| Seni sevdim | |||||
| Xayr | |||||
| Muhabbat | |||||
| Alam qilarkan | Tohir Muhammad | Jasur Javhanazarov | 2015 | ||
| Jiyda guli | 2010 | „Jiyda guli“ filmiga soundtrack | |||
| Xayr yorim | 2005 | „Begona bahor“ filmiga soundtrack | |||
| Shuba | 2019 |
Aktyorlik faoliyati
Anvar Sobirov birinchi marta 2005-yilda rejissyor Ibrohim Rasulov tomonidan „Begona bahor“ nomli filmda suratga tushgan. Uning filmdagi hamkori aktrisa Nargiza Abdullayeva boʻlgan.
| Nomi | Rol | Rejissyor | Yil | Manba |
|---|---|---|---|---|
| Oppoq orzular | Ibrohim Rasulov | 2018 | ||
| Jiyda guli | Murod | Ibrohim Rasulov | 2010 | |
| Begona bahor | Ibrohim Rasulov | 2005 | ||
| Qayerdasan Oymomo? | Tojivoy Isroilov | |||
| Qish ertagi | Dilmurod Mirxidoyev |
- 24-iyulda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Urganchda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
