Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sayfulla Dovirovich Saydaliev – oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 8-fevraldan 1993-yil 9-dekabrgacha Toshkent viloyati hokimi.

Sayfulla Saidaliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sayfulla Saidaliyev
 1-Toshkent viloyati hokimi
 
Mansab davri
1992-yil 8-fevral  1993-yil 9-dekabr
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Mirzamurod Ikromov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1991-yil 19-iyun  14-sentyabr
Oʻtmishdoshi Solijon Mamarasulov
Vorisi lavozim bekor qilingan
 Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1989-yil  1990-yil
Oʻtmishdoshi Poʻlat Abdurahmonov
Vorisi lavozim bekor qilingan
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Orjonikedze tuman qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1981-yil  1986-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1934-yil
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Sayfulla Dovirovich Saydaliev – oʻzbek davlat arbobi, 1992-yil 8-fevraldan 1993-yil 9-dekabrgacha Toshkent viloyati hokimi.

Tarjimai holi

1934-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1976-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Yangiyoʻl tuman qoʻmitasi ikkinchi kotibi.

1981—1986-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Orjonikidze tuman qoʻmitasi birinchi kotibi.

1989—1990-yillarda Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi.

1990—1991-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi kotibi.

1992-yil 8-fevralda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida kengash raisi Saydaliyev Toshkent viloyati hokimi etib saylandi. Shu kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tegishli qarorni imzoladi.

1993-yil 9-dekabrda nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Yuqori