Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Azotli oʻgʻitlar – tarkibida azot boʻlgan va oʻsimliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qoʻllaniladigan moddalar. Azotli oʻgʻitlar 1914–1918 yillarda

Azotli oʻgʻitlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Azotli oʻgʻitlar – tarkibida azot boʻlgan va oʻsimliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qoʻllaniladigan moddalar. Azotli oʻgʻitlar 1914–1918 yillarda ammiakni havodagi azot va vodoroddan sintezlash sanoat miqyosida oʻzlashtirilganidan keyin kimyo sanoatida ishlab chiqarildi. Oʻzbekistonda birinchi marta Chirchiq elektr kimyo kombinatida 1940-yilda ishlab chiqarilgan. Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodi, Navoiy kimyo kombinatida asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi kimyo sanoatining azotli oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha yillik quvvati 2,8 mln. t (1995-yilda 1012,1 ming t Azotli oʻgʻitlar ishlab chikarildi; 100% oziq-modda hisobida). Azotli oʻgʻitlar organik (goʻng, torf, kom-post), mineral (ammiakli selitra, am-moniy sulfat, mochevina va suvli ammi-ak) hamda koʻkat oʻgʻitlar (lyupinning koʻk massasi, seradella va boshqalar)ga boʻlinadi. Azotli oʻgʻitlarni ishlab chiqarishda ammiak va nitrat kislota asosiy xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Azotli oʻgʻitlar noqoratuproq zonada, oʻrmonli dasht zonaning nam joylari va sugʻoriladigan dehqonchilik zonasida qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari hosildorligini oshirishda eng yaxshi vo-sita hisoblanadi. Oʻsimliklar koʻpincha azotning mineral birikmalaridan, asosan, nitrat va ammoniy tuzlarini uzlash-tiradi. Mineral azotli oʻgʻitlarda azot ammiakli, ammiakli-nitratli, nitratli va amidli koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Bu oʻgʻitlar tarkibidagi azotni oʻsimliklar oson uzlashtiradi va uning taʼsiri tez bilinadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida qoʻllaniladigan azotli oʻgʻitlarning asosiy miqdorini ammiakli selitra va mochevina tashkil etadi. Ammiakli oʻgʻitlarga (azot NH3 sha-klida) ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy bikarbonat, suvsiz ammiak, suvli ammiak, ammiakatlar kiradi. Ammoniy sulfat tarkibidagi ammiakli azot tuproqqa yutilmaydigan nitrat holidagi azotga nisbatan tuproqda yaxshi ushlanib, kamroq yuvilib ketadi. Ammiakli – nitratli oʻgʻitlar (azot NH3 va NO3 shaklida) – bularga ammi-akli selitra (ammoniy nitrat, nitrat kislotaning ammoniy tuzi) va ammoniy sulfonitrat kiradi. Ammiakli selitra asosan donador holda ishlab chiqariladi; bu oʻgʻit taʼsirida tuproqning muxiti kuchsiz kislotali boʻladi. Nitratli oʻgʻitlarga (azot NO3 shakli-da) natriyli, kalsiyli, kaliyli selitralar kiradi. Nitratli oʻgʻitlar fiziologik ishqoriydir, ularni kislotali muxitga ega boʻlgan tuproqlarda ishlatsa yaxshi natija beradi. Amidli oʻgʻitlarga (azot NH2 sha-klida) mochevina (karbamid), mochevi-na-formaldegidli oʻgʻitlar kiradi. Sugʻoriladigan dehqonchilikda mochevina azotli oʻgʻitlar ichida eng samarali hisoblanadi. Mochevina-formaldegidli oʻgʻitlar tuproq qatlamidan yuvilib ketmaydi, ular tuproqda sekin eriydi. Azotli oʻgʻitlar meʼyori tuproq-iqlim sharoiti, oʻsimliklarning biologiya xususiyatlari, tuproqqa solina-digan organik oʻgʻitlar miqdori va boshqalarga bogʻliq. Azotli oʻgʻitlar qoʻllaganda oʻsimliklar hosildorligini oshishi turlicha boʻlib, bu koʻrsatkich tuproqqa qanday ishlov berilishiga, oʻstirilayotgan ekin turi va boshqa omillarga bogʻliq. Dala sharoitida oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatadiki, azotli oʻgʻitlarni qoʻllanganda paxta hosili gektariga 13,5–15,7 s va undan ham ortishi mumkin. Hosildorlik gek-tariga 37,4–39,8 s boʻlishi uchun paxta dalasiga gektariga 250–300 kg sof azot miqdorida oʻgʻit solish zarur (yana qarang: Mineral oʻgʻitlar).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Agrokimyo. Darslik. B.Musayev 2001-yil



Yuqori