Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yegor Vladimirovich Krimets 1992-yili 27-yanvardaToshkent shahrida tugʻilgan. Jizzaxning Soʻgʻdiyona klubi aʼzosi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Egor Krimets

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Yegor Krimets
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yegor Vladimirovich Krimets
Tavallud sanasi 1992-yil 27-yanvar (1992-01-27) (34 yosh)
Tavallud joyi ToshkentOʻzbekiston
Boʻyi 1.93 cm (1 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2022 Oʻzbekiston Paxtakor 150 (4)
2013   Xitoy Beijing Guoan 13 (0)
2016—2017   Xitoy Beijing Guoan 33 (0)
2022 Oʻzbekiston Navbahor 0 (0)
2024 Oʻzbekiston Surxon 6 (0)
2025 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 0 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 3 (0)
2012 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 1 (0)
2013—2021 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 40 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yegor Vladimirovich Krimets 1992-yili 27-yanvardaToshkent shahrida tugʻilgan. Jizzaxning Soʻgʻdiyona klubi aʼzosi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Egor Krimets professional futboldagi ilk faoliyatini 2011-yili Paxtakor klubida boshlagan. U Paxtakor safida 2 mavsum oʻynadi 39 ta uchrashuvda maydonga tusdi raqiblar darvozasini 4-marta ishgʻol qildi.

2013-yilning boshida u Paxtakordan Xitoyning Beijing Guoan FC futbol klubiga ijaraga berildi. Pekin klubida bir mavsum oʻynab 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va yana Paxtakor safiga qaytdi.

2014-yilning boshidan u Paxtakor tarkibida oʻynay boshladi. 2014-yili Paxtakor oʻzining 10-chempionligini qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda Egor Krimets 24 ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilib raqiblar darvozasiga 5 ta gol kiritgan. 2016-yil 8-yanvar „Paxtakor“ klubi yana bir bir Krimetsni Xitoyning Beijing Guoan FC jamoasiga ijaraga bergan. Ikki mavsumdan soʻng Xitoy jamoasi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng „Paxtakor“ klubi tarkibiga qaytgan. Keyinchalik Paxtakor jamoasi toʻrt mavsum davomida oʻynab uch bor Oʻzbekiston Superligasi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum ancha ogʻir kelgan va jaroxatga olim mavsum katta qismini oʻtkazib yubordi. Mavsum yakunida „Paxtakor“ klubini tark etib 2022-yilgi mavsumni „Navbahor“ klubida boshlagan. 2022-yil 18-mayda jaroxatlar qaytalanishi va sogʻligʻidagi muammolar sababli „Navbahor“ jamoasi bilan shartnomani bekor qilindi va jamoani tark etdi. Maʼlum vaqt futboldan yiroq boʻlgan Krimets 2023-yil 24-dekabrda „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Termiz klubi safida bir mavsum davomida faoliyat olib borganidan soʻng mavsum yakunida jamoani tark etgan. 2024-yil 27-dekabrda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“klubi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro musobaqalardagi faoliyati

Egor Krimets Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar futbol terma jamoasi safida ham toʻp surgan. Egor 2014-yilning 12-yanvarida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida Ummonda boʻlib oʻtgan AFC U-22 Osiyo chempionati 2014 musobaqasining guruh bosqichi ilk uchrashuvida maydonga tushgan va oʻsha oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushib 1ta golga mulliflik qilgan edi. Shuningdek, 2014-yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Osiyo oʻyinlari musobaqasidan oʻrin olgan futbol bellashuvida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 4 ta oʻyinda maydonga tushib, Afgʻoniston termasiga qarshi boʻlgan oʻyinda gol muallifi boʻlgan edi.

Egor Krimets ilk bora milliy terma jamoa tarkibiga 2012-yili noyabr oyida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichida Eron bilan boʻlgan uchrashuvga chaqirtirilgan, ammo maydonga tushmagan. Keyinchalik u terma jamoa safidagi ilk debyut oʻyinini 2013-yili 6-sentyabrda Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida qatnashdi, ammo musobaqa davomida faqat zaxirada qoldi.

Shaxsiy hayoti

Uylangan, rafiqasi Kristine Krimets, qizining ismi Mikaela.

Statistikalari

Klubdagi ishtiroki Liga Kubok Qitʼaviy Umumiy
MavsumKlubLiga IshtGol IshtGol IshtGol IshtGol
Oʻzbekiston Liga Oʻzbekiston kubogi Osiyo Umumiy
2010PaxtakorOliy liga00100010
20111615031242
20122135040303
Xitoy Liga FA kubogi Osiyo Umumiy
2013 Beijing Guoan FC XFCh 1303020180
Umumiy Xitoy 1303020180
Oʻzbekiston 37411071555
Umumiy karyerasi 50414091735

Yutuqlari

  • Oʻzbekiston Superligasi: 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021
  • Oʻzbekiston Superligasi vitse-chempioni: 2010
  • Oʻzbekiston Superligasi bronza medali sohibi: 2011
  • Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: 2011, 2019, 2020
  • Xitoy chempionati bronza medali sohibi: 2013
Yuqori