Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

"Adolat" — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nashriyoti. Aholiga huquqiy yordam koʻrsatish "Adolat" markazi negizida 1992-yil may oyida tashkil etil

Adolat (nashriyot)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"Adolat" — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nashriyoti. Aholiga huquqiy yordam koʻrsatish "Adolat" markazi negizida 1992-yil may oyida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan qonunlar va meʼyoriy hujjatlar, ularga sharhlar, huquqiy mavzulardagi maʼlumotnomalar, oʻquv qoʻllanmalari, lugʻatlar, ilmiy-ommabop va badiiy kitob hamda risolalarni nashr etishga ixtisoslashgan. 1992—1999 yillar mobaynida "Oʻzbekistonning yangi qonunlari", "Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari", "Oʻzbekiston Qonunlariga sharhlar", "Savollarga javoblar", "Axloq. Adab. Adolat", "Huquqiy merosimiz xazinasidan", "Oʻzbek detektivi", "Chet el detektivi" turkumidan kitob va risolalar chop etdi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Yuqori