Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ikrom Otamurod – Oʻzbekistonlik ijodkor. 1951-yili Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 1969-1

Ikrom Otamurod

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Ikrom boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Ikrom Otamurod – Oʻzbekistonlik ijodkor. 1951-yili Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 1969-1974-yillarda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. „Ufqlar orti bepoyon“ hamda „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ kabi asarlar muallifi .

Mehnat faoliyati

1974-1975-yillarda Oʻzbekiston ensiklopediyasi nashriyotida muharrirlik qildi. 1975-yildan to shu kunga qadar „Sharq yulduzi“ jurnalida avval adabiy xodim, soʻng sheʼriyat boʻlimining mudiri lavozimlarida ishladi .

Asarlari

„Vaqt ranglari“ (1982), „Janub qushlari“ (1984), „Toʻrgʻayli manzillar“ (1985), „Ufqlar orti bepoyon“ (1987), „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ (1987), „Sopol siniqlari“ (1994), „Sen“ (1996), „Ichkari va tashqari“ (1997), „Istarim“, „Yobondagi yolgʻiz daraxt“, „Qush“, „ Huviyyat“, „Ruhimning qaygʻusi“ (1996), „Koʻnglim oʻzing“ (2004), „Tavr“ (2005), „Tanazzul“ (2008), „Xaritaga tushmagan joy“ (2011), „Muqaddar“ (2012) .

Dostonlari

Falastinlik shoir Muin Bsisuga bagʻishlangan „Yarador umid otlari“ (1986), „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ (1990) .

Tarjimalari

Uolt Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtushenko, Oʻljas Sulaymon kabi shoirlarning sheʼr va dostonlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan .

Mukofotlari

"Do‘stlik" ordeni (1999).

Ayni paytda shoirning asarlari turk, arab, bulgʻor, rus, moldavan, ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan .

Yuqori