- Vikipediyada ismi Navbahor va familiyasi Hamidova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Navbahor Nishon qizi Hamidova | |
|---|---|
![]() Navbahor Hamidova 2024-yilda | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Ayol |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 2001-yil 7-fevral Samarqand, Oʻzbekiston |
| Sport | |
| Qaysi sport | Boks |
Navbahor Nishon qizi Hamidova (2001-yil 7-fevral, Samarqand, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol boskchi, 2024-yilgi Parij olimpiadasi ishtirokchisi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining koʻp karra chempioni va sovrindori.
Faoliyati
2019-yilgi Mongoliyaning poytaxti Ulan-Batorda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.
2021-yil Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan Stranja—2021 turniri ishtirokchisi.
2021-yilgi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrdia oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.
2022-yil Iordaniyaning Amman shahrida oʻtkazilgan kattalar oʻrtasidagi boks boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan.
2023-yil yanvar oyida Tailandda oʻtkazilgan 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 66 kg vaznda oltin medal sohibi boʻlgan.
2023-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.
2024-yil Tailandning Bangkok shahrida 2024-yilgi Parij Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun oʻtkazilgan litsenzion turnirda gʻolib boʻlib, Olimpiada ishtirokchisiga aylangan.
- 7-fevralda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Bokschilar haqidagi chala maqolalar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol bokschilar
- 21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari
- Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar
- Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari
