![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jurriën David Norman Timber | ||
| Tavallud sanasi | 2001-yil 17-iyun | ||
| Tavallud joyi | Utrext, Niderlandiya | ||
| Boʻyi | 1.79 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Ajax | ||
| Raqami | 2 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| DVSU | |||
| —2014 | Feyenoord | ||
| 2014—2018 | Ajax | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2018—2021 | Jong Ajax | 39 | (0) |
| 2019—2023 | Ajax | 85 | (6) |
| 2023— | Arsenal | 19 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2015 | Niderlandiya U15 | 1 | (0) |
| 2016—2017 | Niderlandiya U16 | 3 | (0) |
| 2017—2018 | Niderlandiya U17 | 13 | (1) |
| 2018—2019 | Niderlandiya U19 | 11 | (1) |
| 2020 | Niderlandiya U21 | 1 | (0) |
| 2021— | Niderlandiya | 13 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12-noyabr uchun) | |||
Jurriën David Norman Timber (talaffuzi: Yuriyen Timber; 17-iyun 2001-yilda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Eredivizionning Ajax klubi va Gollandiya terma jamoasi himoyachisi.
2014-yilda Timber Feyenoorddan „Ajax“ning yoshlar akademiyasiga kelgan. 2020-yil mart oyida birinchi jamoada debyut qilgan va ikkita Erediviziya chempionligi va bir marta KNVB kubogini qoʻlga kiritgan. 2022-yilda Marco van Basten mukofotini qoʻlga kiritdi.
Timber Gollandiya terma jamoasi safida umumiy 29 ta o‘yinda maydonga tushgan. 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. 2021-yil iyun oyida milliy terma jamoa safida debyut qilgan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Timber toʻrt yoshida Utrechtning DVSU klubida futbol oʻynay boshlagan, olti yoshida Feyenoordning yosh toifadagi jamoasiga qoʻshilgan. 2014-yilda Ajaxga o‘tdi va klubda 2018-yilda o‘zining birinchi professional shartnomasini imzoladi.
Ajax
Timber 2020-yil 7-mart kuni „Ajax“ safida SC Heerenveenga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qildi.
„Ajax“dagi ilk golini 2021-yilning 2-may kuni Emmenga qarshi o‘yinda kiritdi. Bu 4:0 hisobidagi yakunlangan oʻyinning birinchi gol edi va ushbu gʻalaba „Ajax“ni 35-marta Erediviziya chempioni bo‘lishini tasdiqladi.
Xalqaro faoliyati
Timber Gollandiyaning 15 yoshgacha, 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida oʻynagan. UEFA Yevro-2020 musobaqasi uchun Gollandiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Jamoadagi debyutini 2021-yil 2-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazdi.
Shaxsiy hayoti
Timberning Quinten Timber ismli egizak ukasi bor. Kelib chiqishlari aruba va kurasaodan. Onasi Merilin Arubadan, otasi esa Gollandiya Karib dengizidagi ABC orollarining Kyurasao shahridan. Egizaklarning Shamier, Chris va Dylan ismli uchta akasi ham bor.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Yong Ajax | 2018—2019 | Erste divizioni | 11 | 0 | — | — | — | 11 | 0 | |||
| 2019—2020 | Erste divizioni | 24 | 0 | — | — | — | 24 | 0 | ||||
| 2020—2021 | Erste divizioni | 4 | 0 | — | — | — | 4 | 0 | ||||
| Jami | 39 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 39 | 0 | ||
| Ajax | 2019—2020 | Eredivizion | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 2020—2021 | Eredivizion | 20 | 1 | 4 | 0 | 6 | 0 | — | 30 | 1 | ||
| 2021—2022 | Eredivizion | 30 | 3 | 4 | 0 | 8 | 0 | 1 | 0 | 43 | 3 | |
| 2022—2023 | Eredivizion | 14 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 21 | 0 | |
| Jami | 65 | 4 | 8 | 0 | 20 | 0 | 2 | 0 | 95 | 4 | ||
| Jami faoliyati | 104 | 4 | 8 | 0 | 20 | 0 | 2 | 0 | 134 | 4 | ||
- One appearance in UEFA Champions League, five appearances in UEFA Europa League
- Appearances in UEFA Champions League
- Appearance in Johan Cruyff Shield
Xalqaro
- 3-dekabr, 2022-yil
| Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
|---|---|---|---|
| Niderlandiya | 2021 | 6 | 0 |
| 2022 | 7 | 0 | |
| Jami | 13 | 0 | |
Yutuqlari
Ajax
- Eredivizion: 2020—2021, 2021—2022
- KNVB kubogi: 2020—2021
Niderlandiya U17
- 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2018
Individual
- Kyurasaoda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021
- Erediviziyada oyning eng yaxshi iqtidorli oʻyinchisi: 2021-yil sentyabr, 2021-yil noyabr
- Ajax yilning eng yaxshi iqtidori (Marco van Basten mukofoti) : 2021—2022
- 17-iyunda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Utrextda tugʻilganlar
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- Futboldagi erkak qanot himoyachilari
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Arsenal F.C. futbolchilari
- AFC Ajax futbolchilari
- Jong Ajax futbolchilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Eredivisie futbolchilari
- Eerste Divisie futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
