Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Oʻrtoq Boykenjayev“ — 2002-yilda A.Abdurazzoqov pyesasi asosida rejissor Yusup Roziqov tomonidan suratga olingan film.

O‘rtoq Boykenjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻrtoq Boykenjayev
Rejissyor(lar) Yusup Roziqov
Prodyuser(lar) Murod Muhammad Doʻst
Rollarda Matlyuba Alimova
Farxod Abdullayev
Oʻlmas Alixoʻjayev
Fotih Jalolov
Saydullo Moldaxanov
Jumadulla Rametov
Bastakor(lar) Jamshid Izamov
Studiya Oʻzbekfilm
Premyera
sanasi
  • 2002-yil (2002)
Davomiylik 81 min.
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston

„Oʻrtoq Boykenjayev“ — 2002-yilda A.Abdurazzoqov pyesasi asosida rejissor Yusup Roziqov tomonidan suratga olingan film.

Syujeti

1980-yillarning oxirida Oʻzbekistonning tuman markazlarida zudlik bilan „IV Hamdoʻstlik qabriston“nini qurish topshirildi. Yulduz shaklidagi qabristonda oʻzbek, qirgʻiz, rus va qozoq millatiga mansub yulduzlar dafn qilinishi koʻzda tutiladi. Ushbu ahamiyatga molik vazifa, kichkinagina, soddadil, sobiq bolalar uyi tarbiyalanuvchisi, ommaviy tadbirlarda Lenin rolini maromiga yetkazib ijro etadigan oʻrtoq Boykenjayevga ishonib topshiriladi. “Maxsus vazifa” haqida eshitgan bemorlar jonlantirish boʻlimidan qochib ketadi, oʻliklar tiriladi. Shunda koʻmishga munosib oʻzbek topolmaganidan oʻrtoq Boykenjayev „doʻstlarini noqulay vaziyat“ga tushirmaslik uchun oʻz joniga qasd qiladi.

Mukofotlar

  • Rossiya kinoshunos va kinotanqidchilari Gildiyasining mukofoti (2003-yil).
Yuqori