- Vikipediyada ismi Luqmon boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Luqmon Boʻrixon | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 15-fevral 1965-yil |
| Vafoti | 25-iyul 2023-yil (58 yoshda) |
| Yoʻnalish | Nasr |
| Janr | Hikoyanavislik |
| Shoh asari | „Begimqul katta“, „Yalangoyoq“, „Sirli muallim“, „Xizr koʻrgan yigit“, „Jaziramadagi odamlar“ |
| Mukofotlari | |
Luqmon Boʻrixon (1965-yil 15-fevral, Yangiobod qishlogʻi, Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2023-yil 25-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik yozuvchi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibi.
Hayoti
Luqmon Boʻrixon 1965-yilning 15-fevralida Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumaniga qarashli Yangiobod qishlogʻida tugʻilgan. 1983-1985-yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. 1986-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirib, 1991-yilda tamomlagan.
Faoliyati
Luqmon Boʻrixon „Turkiston“ va „Maʼrifat“ gazetalarida adabiy xodim, keyinchalik boʻlim mudiri sifatida faoliyat koʻrsatgan. „Yoshlik“ jurnalining bosh muharriri boʻlgan.
Asarlari
Luqmon Boʻrixonning dastlabki hikoyasi 1987-yilda „Begimqul katta“ nomi bilan nashr etilgan. Shundan keyin yozuvchining „Yalangoyoq“ (1991), „Sirli muallim“ (2006), „Hizr koʻrgan yigit“ (2007), „Temiryoʻl yoxud titrayotgan togʻ“ (2009), „Quyosh hali botmagan“, (2018), „Marhamatli kun“ (2019), singari qissa va hikoyalar toʻplamlari chop etilgan. Oʻqituvchilar hayotidan olingan „Sirli muallim“ qissasi Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tanlovida gʻolib deb topilgan. 2005-yilda „Jaziramadagi odamlar“ romanini yaratdi. Luqmon Boʻrixon yozgan „Sokin daryo“ romanida olim Oʻktam Umurzoqovning hayoti va faoliyati hikoya qilinadi.
- 15-fevralda tugʻilganlar
- 1965-yilda tugʻilganlar
- 25-iyulda vafot etganlar
- 2023-yilda vafot etganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
