Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Stefani Joanne Angelina Germanotta (talaffuzi: Stefani Joann Anjelina Jermanotta; 28-mart, 1986), taxallusi — Lady Gaga (talaffuzi: Ledi Gaga) amerikalik xonand

Lady Gaga

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lady Gaga

Lady Gaga 2021-yildagi Joe Biden inauguratsiyasida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1986-yil 28-mart (1986-03-28) (40 yosh)
New York, AQSh
Janrlar Pop, Dance
Faoliyat yillari 2005–bugun
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Amplua vokal, pianino, sintezator
Veb-sayt ladygaga.com

Stefani Joanne Angelina Germanotta (talaffuzi: Stefani Joann Anjelina Jermanotta; 28-mart, 1986), taxallusi — Lady Gaga (talaffuzi: Ledi Gaga) amerikalik xonanda, aktrisa va kiyimlar dizayneridir. Nyu York shahrida tugʻilib oʻsgan Stefani avval Muqaddas Yurak ayollar monastirida, keyin New York Universitetining Tisch sanʼat maktabida tahsil oldi. Manhattan rock musiqa sahnasida ijro etishni boshlab, 2007-yil oxiriga kelib Streamline Records studiyasidan shartnoma imzoladi. Studiya uchun qoʻshiq yozib yurgan Stefanining vokaliga Akon eʼtibor qaratdi va unga Kon Live Distribution leyblidan shartnoma taklif etdi.

Lady Gaga 2008-yili The Fame nomli debut albomini chiqarib, munaqqidlar maqtovi va tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va xalqaro shuhrat qozondi. Bu albomda butun dunyoga ovoza boʻlgan „Just Dance“ va „Poker Face“ qoʻshiqlari joy olgan. The Fame Ball Tour turnesini boshlab, u 2009-yili „Bad Romance“, „Telephone“ va „Alejandro“ kabi hit ashulalari bor The Fame Monster albomini chiqardi. The Fame Monster muvaffaqiyati ketidan Gaga katta tijoriy foyda keltirgan oʻn sakkiz oylik The Monster Ball Tour turnesida boʻldi. Uning 2011-yilgi Born This Way albomi xalqaro chartlar choʻqqisini egallab, oʻz ichiga „Born This Way“, „Judas“ va „The Edge of Glory“ kabi singllarni oladi. Musiqa faoliyatidan tashqari, Gaga ijtimoiy yordam va LGBT faollik bilan ham shugʻullanadi.

David Bowie, Michael Jackson, Madonna va Queen kabi musiqachilardan ilhomlangan Lady Gaga kiyimlari, ijrosi va kliplari orqali musiqa sanoatiga qoʻshgan yorqin va serqirra hissasi uchun eʼtibor qozongan. U taqriban jahon boʻylab 23 million albom va 64 million singl sotib, eng koʻp daromad ishlagan qoʻshiqchilar safidan joy olgan.Uning yutuqlari qatoriga beshta Grammy va 13 ta MTV Video Musiqa mukofotlari kiradi. Lady Gaga Billboard jurnalining Yil Artistlari boʻlimida bir necha bor oʻrin olgan, VH1 kanalining Musiqadagi Eng Buyuk 100 Ayol roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinda turadi, Forbes va Time jaridalarida dunyoning eng eʼtiborli kishilari roʻyxatlarida eslatilgan. 2011-yili Gaga $25 million ishlab, Billboard jurnalining eng koʻp pul ishlagan artistlari roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi.

Filmografiyasi

Film

Nomi Yil Rol Izohlar Manba (lar)
en:The Zen of Bennett 2012 Oʻzi Hujjatli film
en:Katy Perry: Part of Me 2012 Oʻzi Hujjatli film
Machete Kills 2013 La Chameleón
Muppets Most Wanted 2014 Oʻzi Epizod rolda
en:Sin City: A Dame to Kill For 2014 Bertha Epizod rolda
en:Jeremy Scott: The People's Designer 2015 Oʻzi Hujjatli film

Televideniye

Nomi Yil Rol Telekanal Izohlar Manba (lar)
The Sopranos 2001 Sinfdosh HBO Episode „The Telltale Moozadell“
Uncredited
en:Boiling Points 2005 Oʻzi MTV Uncredited
en:Gossip Girl 2009 Oʻzi The CW Episode „The Last Days of Disco Stick“
Epizod rolda
en:Saturday Night Live 2009 Mehmon NBC Episode „Ryan Reynolds/Lady Gaga“
Double Exposure 2010 Oʻzi Bravo Episode „No One Can Work Like This“
en:Lady Gaga Presents the Monster Ball Tour: At Madison Square Garden 2011 Oʻzi HBO Television special
en:American Idol 2011 Mentor Fox Season 10
en:Saturday Night Live 2011 Mehmon NBC Episode „Justin Timberlake/Lady Gaga“
Inside the Outside 2011 Oʻzi MTV Hujjatli film
en:So You Think You Can Dance 2011 Mehmon hakam Fox Season 8, episode 3
A Very Gaga Thanksgiving 2011 Oʻzi ABC Television special
en:Dick Clark's New Year's Rockin' Eve 2011 Oʻzi ABC Television special
The Simpsons 2012 Oʻzi Fox Episode „Lisa Goes Gaga“
en:Opening Act 2012 Oʻzi E! Episode „Von & Lady Gaga“
Who the F-k is Arthur Fogel? 2013 Oʻzi ePiX Hujjatli film
en:Saturday Night Live 2013 Musical guest/Host NBC Episode „Lady Gaga“
en:Lady Gaga and the Muppets' Holiday Spectacular 2013 Oʻzi ABC Television special
en:Tony Bennett and Lady Gaga: Cheek to Cheek Live! 2014 Oʻzi PBS Television special
en:American Horror Story: Hotel 2015-16 Elizabeth Johnson / The Countess FX 12 episodes

Diskografiyasi

  • The Fame (2008)
  • The Fame Monster (2009)
  • Born This Way (2011)
  • Artpop (2013)
  • Cheek to Cheek (2014)
  • Joanne (2016)
  • Chromatica (2020)
  • Harlequin (2024)

Eslatmalar

  1. Gaga plays a single character who has two different names. For her performance in the role, she won a Golden Globe Award for Best Actress — Miniseries or Television Film.
Yuqori