Zaynab Kazbekovna Dayibekova (2002-yil 19-noyabr, Qoraqalpogʻiston, Nukus) – oʻzbekistonlik qilichboz, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi hamda 2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
| Zaynab Dayibekova Kazbekovna | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 19-noyabr 2002-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston |
| Sport | |
| Qaysi sport | qilichbozlik |
| Medallar | |
| | |
Hayoti
Zaynab Dayibekova 2002-yil 19-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida tugʻilgan. 2015-yildan beri qilichbozlik bilan shugʻullanadi. Birinchi murabbiyi Daurbek Jiermuratov. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialida tahsil olgan.
Faoliyati
Zaynab Dayibekova 2018-yilda BAAda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2019-yili Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) oʻtkazilgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Jahon kubogida u finalda Turkiyaning Nisonur Erbilni 15:12 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
U 2021-yilda qilichbozlik boʻyicha Osiyo-Okeaniya litsenzion turnirida Zaynab Dayibekova Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Finalda licenziya uchun kechgan jangda u Aigerim Saribayni (Qozogʻiston) 15:6 hisobida magʻlub etdi. 2021-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan Zaynabni "Shuhrat" medali bilan taqdirladi. Oʻsha yili Qohirada (Misr) qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u yettinchi oʻrinni egalladi.
XXXMII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Zaynab oʻz chiqishlarini yaponiyalik Tika Aoki ustidan 15:9 hisobida gʻalaba qozonish bilan boshlab berdi. U ikkinchi bosqichda Osiyo kumush medali sovrindori, xitoylik Shao Yaqini 15:10 hisobida magʻlub etdi. 1/8 finalda u yana koreyalik Yun Ji Suni 15:12 hisobida magʻlub etdi. Chorak finalda u jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori vengriyalik Anna Marton bilan uchrashdi, ammo 11:15 hisobida yutqazdi.
2021-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Zaynabni Olimpiya harakatini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun "Jasorat" medali bilan taqdirladi.
2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari
Zaynab Dayibekova Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida Abdumalik Xalokov bilan birga Oʻzbekiston terma jamoasining bayroqdori boʻlgan. Ushbu turnirda 2024-yilning 29-iyul kuni Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/16 finalda Tokio olimpiadasi sovrindori koreyalik Jisu Yonga 11:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etdi.
Unvon va mukofotlari
- „Jasorat“ medali
- „Shuhrat“ medali
