Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Zamonaviy beshkurash - sport koʻpkurashi. Ot ustida toʻsiqlardan oʻtish, qilichbozlik (birinchi sanchguncha olishuv), pistoletdan oʻq uzish (4 karra 20 tadan ot

Zamonaviy beshkurash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zamonaviy beshkurash - sport koʻpkurashi. Ot ustida toʻsiqlardan oʻtish, qilichbozlik (birinchi sanchguncha olishuv), pistoletdan oʻq uzish (4 karra 20 tadan otish), suvda suzish (300 m ga erkin uslubda) va yengil atletika krossi (4 km masofaga)ni oʻz ichiga oladi. Yuqoridagicha tartibdagi musobaqalar 5 kun mobaynida — bir kunda bittadan tur boʻyicha oʻtkaziladi. Sport amaliy mashqlari boʻyicha kompleks musobaqalar qadim zamonlardan maʼlum (maye. Yunoniston olimpiya oʻyinlaridagi pentatlon — "pent" — besh, "atlon" — kurash). Zamonaviy beshkurash XIX asr ikkinchi yarmida Shvetsiyada paydo boʻlgan. 1948-yildan beri shu nomda qolgan. Xalqaro zamonaviy beshkurash va biatlon uyushmasi (UIPMB, 1948-yil tuzilgan)ga 70 dan ziyod mamlakat aʼzo. Oʻzbekiston 1991-yilda qabul qilingan. 1912-yildan olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1949-yildan jahon birinchiligi oʻtkazilib turiladi.

Yana qarang

  • Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi
Yuqori