Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yulduz Akromovna Rizayeva (1926-yil 29-dekabr, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR — 2003-yil 11-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat k

Yulduz Rizayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yulduz Rizayeva
Tavalludi 26-dekabr 1926-yil
Fargʻona, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 11-yanvar 2003-yil(2003-01-11)
(76 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktrisa, muharrir, tarjimon
Janr drama, tarixiy drama
Turmush oʻrtogʻi Isoq Isroilov
Bolalari Qizi: Shahnoza
Oʻgʻillari: Rustam, Hotamjon
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Yulduz Akromovna Rizayeva (1926-yil 29-dekabr, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR — 2003-yil 11-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. „Tohir va Zuhra“ filmidagi Zuhra roli bilan tanilgan.

Tarjimayi holi

Yulduz Rizayeva 1926-yil 29-dekabrda Fargʻonada Akrom ota va Nasima aya xonadonida tavallud topgan. Oilada besh farzandning toʻngʻichi boʻlgan. Aktrisa 10 yoshida boʻlganida otasi 34 yoshida fojiali tarzda vafot etgan. Shunda keyin temir yoʻl chiptalari sotiladigan devonxonada ishchi boʻlib ishlaydi. Maktabni tamomlagandan keyin Toshkent kinostudiyasi qoshidagi kinoaktyorlar maktabiga oʻqishga kiradi va bu maktabni 1946-yilda tugatadi. Shu yildan boshlab kinostudiya aktrisasi boʻlib ishlay boshlagan. Soʻngra Toshkent tibbiyot institutida ikki yil tahsil olgan, ammo sanʼatga qiziqishi tufayli oʻqishni tugatmagan. 1948-yilda Aleksandr Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatrshunoslik fakultetiga oʻqishga kirib, 1953-yilda ushbu institutni bitirgan. 1954-yilda Toshkent kinostudiyasida muharrir, 1960-yilda Oʻzbekfilm kinostudiyasida dublyaj guruhi muharriri va tarjimon sifatida faoliyat olib borgan.

Yulduz Rizayeva 2003-yil 11-yanvarda Toshkentda vafot etgan.

Oilasi

Turmush oʻrtogʻi Isoq Isroilov. Qizi Shahnoza, oʻgʻillari Rustam, Hotamjon.

Mukofotlari

Yulduz Rizayeva Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist unvoni, SSSR kinematografiyasi a’lochisi nishoni, 1998-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan. 2026-yil 28-mayda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.

Ijodiy faoliyati

1960—2000-yillarda yuzlab tarjima loyihalar muallifi, lablashtiruvchi muharrir hamda dublyaj aktrisasi boʻlib faoliyat olib bordi. „Sangam“, „Siyovush haqida doston“, „Qirol Lir“, „Ivan Vasilyevich kasbini oʻzgartiradi“, „Omadli jentelmenlar“, „Sadoqat“, „Gamlet“ kabi filmlarga muharrirlik qilgan. Yulduz Rizayeva rejissyor Grigoriy Kozinsev tomonidan „Gamlet“ filmida Ofeliya roli uchun sinovdan oʻtishga taklif etilgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli aktrisa bu rolni rad qilgan.

Filmografiyasi

  • 1945 – Tohir va Zuhra – Zuhra (bosh rol)
  • 1946 – Xoʻja Nasriddin sarguzashtlari – Zulfі
  • 1948 – Fargʻona qizi – Dіlbar (bosh rol)
  • 1954 – Opa-singil Rahmonovalar – Komіla yoki Kamola (bosh rol)
  • 1957 – Sluchay v pustine (Choʻl ishi) – epіzodik rol (titrda nomi koʻrsatilmagan)
  • 1962 – Sen yetim emassan – militsiya xodimi
  • 1969 – Zaveshchaniye starogo mastera (Keksa ustaning vasiyati) – militsiya kapitani, inspektor

Adabiyotlar

Yuqori