Yoyilma konus — tekislikka yoki vodiylarning kengroq qismiga oqar suvlar keltirgan jinslarning toʻplanishidan hosil boʻlgan yarim konus koʻrinishidagi bir oz qabariq relyef. Yo. k. har xil kattalikdagi togʻ jinslaridan iborat boʻladi. Tuproqlari yosh, oʻsimliklari siyrak, maydoni bir necha 10 m2 dan oʻnlab km2 gacha yetishi mumkin. Yo. k. Oʻzbekistonda togʻ etaklaridagi tekisliklarda, vodiylarda koʻp uchraydi.
Turkum::
- Geografik terminlar