Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yoshimasa Hayashi (yaponcha: 林 芳正, Hayashi Yoshimasa?, 1961-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — yapon siyosatchisi bo‘lib, 2025-yil oktabridan beri Ichki ishlar va kom

Yoshimasa Hayashi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yoshimasa Hayashi
林 芳正

Rasmiy portret. 2025-yil
Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri
Mansab davri
2025-yil 21-oktabr
Bosh vazir Sanae Takaichi
Oʻtmishdoshi Seiichiro Murakami
Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi
Mansab davri
2023-yil 14-dekabr  2025-yil 21-oktabr
Bosh vazir Fumio Kishida
Shigeru Ishiba
Oʻtmishdoshi Hirokazu Matsuno
Vorisi Minoru Kihara
Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2021-yil 10-noyabr  2023-yil 13-sentabr
Bosh vazir Fumio Kishida
Oʻtmishdoshi Toshimitsu Motegi
Fumio Kishida (v.b.)
Vorisi Yoko Kamikawa
Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri
Mansab davri
2017-yil 3-avgust  2018-yil 2-oktabr
Bosh vazir Shinzō Abe
Oʻtmishdoshi Hirokazu Matsuno
Vorisi Masahiko Shibayama
Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik vaziri
Mansab davri
2015-yil 23-fevral  2015-yil 7-oktabr
Bosh vazir Shinzō Abe
Oʻtmishdoshi Koya Nishikawa
Vorisi Hiroshi Moriyama
Mansab davri
2012-yil 26-dekabr  2014-yil 3-sentabr
Bosh vazir Shinzō Abe
Oʻtmishdoshi Akira Gunji
Vorisi Koya Nishikawa
Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo‘yicha davlat vaziri
Mansab davri
2009-yil 2-iyul  2009-yil 18-sentabr
Bosh vazir Taro Aso
Oʻtmishdoshi Kaoru Yosano
Vorisi Naoto Kan
Mudofaa vaziri
Mansab davri
2008-yil 2-avgust  2008-yil 24-sentabr
Bosh vazir Yasuo Fukuda
Oʻtmishdoshi Shigeru Ishiba
Vorisi Yasukazu Hamada
Yamaguchi prefekturasi 3‑okrugidan Vakillar palatasi a’zosi
Mansab davri
2021-yil 3-noyabr
Oʻtmishdoshi Takeo Kawamura
Yamaguchi prefekturasi umumxalq okrugidan Kengash palatasi a’zosi
Mansab davri
1995-yil 24-iyul  2021-yil 16-avgust
Oʻtmishdoshi Ken'ichi Yamada
Vorisi Tsuneo Kitamura
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1961-yil 19-yanvar (1961-01-19) (65 yosh)
Shimonoseki, Yaponiya
Siyosiy partiyasi Liberal-demokratik partiya
Turmush oʻrtogʻi Yuko Hayashi
Bolalari 2
Onasi Mariko Hayashi
Otasi Yoshiro Hayashi
Qarindoshlari Reiko Hayashi (singlisi)
Keisuke Hayashi (bobosi)
Heishiro Hayashi (bobosining bobosi)
Katsusada Hirose
Alma mater Tokio universiteti (LLB)
Harvard universiteti (MPA)
Imzosi
Vebsayti Rasmiy sayti

Yoshimasa Hayashi (yaponcha: 林 芳正, Hayashi Yoshimasa?, 1961-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — yapon siyosatchisi bo‘lib, 2025-yil oktabridan beri Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri sifatida faoliyat yuritmoqda. Hayashi ilgari Vazirlar Mahkamasining olti xil lavozimlarini egallagan: Mudofaa vaziri (2008-yil avgust – 2008-yil sentabr), Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo‘yicha davlat vaziri (2009-yil iyul – 2009-yil sentabr), Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik vaziri (2012-yil dekabr – 2014-yil sentabr, 2015-yil fevral – 2015-yil oktabr), Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri (2017-yil avgust – 2018-yil oktabr), Tashqi ishlar vaziri (2021-yil noyabr – 2023-yil sentabr) va Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi (2023-yil dekabr – 2025-yil oktabr).

Liberal-demokratik partiya a’zosi bo‘lgan Hayashi birinchi marta 1995-yilda Kengash palatasiga saylangan va 2021-yilgacha besh muddat davomida faoliyat yuritgan. 2021-yilgi umumiy saylovda ishtirok etish maqsadida Kengash palatasidan iste’fo bergan va 2021-yil oktabrdan beri Yamaguchi prefekturasi 3-okrugidan vakil boʻlib, Vakillar palatasi a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Dastlabki yillari va taʼlim

Hayashi 1961-yil 19-yanvarda Tokioda Yoshiro va Mariko Hayashi oilasida tug‘ilgan. Uning otasi, Yoshiro Hayashi, Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligida yuqori lavozim egasi bo‘lgan. Oilasi 1969-yilda Yoshiro Hayashi 32-umumxalq saylovida ishtirok etayotganda Yamaguchi prefekturasi, Shimonosekida ota-bobolaridan qolgan uyga ko‘chib o‘tgan va u shu saylovdan so‘ng Yamaguchi birinchi okrugining vakiliga aylanganidan soʻng, siyosiy faoliyatini boshlagan. Hayashi 1979-yilda Shimonoseki-Nishi o‘rta maktabini tamomlagan va Tokio universitetiga kirgan. Universitetda u jamoat huquqi yo‘nalishini tanlagan va 1984-yilda Huquq fakultetini bitirgan. Shu davrda u universitet xor jamoasi a’zosi bo‘lgan va rok guruhida ham ijro qilgan.

Dastlab, Hayashi otasining yo‘lini, ya’ni parlament a’zosi bo‘lishni niyat qilmagan. Buning o‘rniga u Mitsui & Co. kompaniyasiga ishga kirgan va taʼlim olgan joyini bitirgan kishilar uchun odatiy yoʻl boʻlgan hukumat vazirliklaridan birida faoliyat yuritish yo‘lini tanlamagan. Biroq, tamaki shartnomalarini yangilash uchun qisqa muddatga Nikaraguaga xizmat safari bilan yuborililganida, mamlakatda davom etayotgan fuqarolik urushining oqibatlarini oʻz koʻzlari bilan koʻrgan va bu unga barqaror hukumatning ahamiyatini tushunishga yordam bergan. Shuningdek, u bir nechta xorijiy safarlarda ham bo‘lgan, jumladan, o‘sha paytda Mitsui uchun tamaki manbai sifatida muhim hisoblangan AQShning Shimoliy Karolina shtatiga ham kelgan.

U siyosiy faoliyatni boshlashga qaror qilib, 1989-yilda Mitsui'dagi lavozimidan ketdi. 1990-yilda Yuko Hayashi bilan oila qurgan; u ham Tokio universitetida o‘qigan va 1988-yilda bitirgan. U Harvard Kennedy School'da davlat siyosati bo‘yicha ta’lim olishni boshladi, xotini esa Massachusetts texnologiya institutida texnologiya siyosati bo‘yicha magistrlik darajasini tahsil oldi. Ikkala universitet ham AQShning Massachusetts shtatidagi Cambridge shahrida joylashgan. AQShda, u shuningdek, Vakillar palatasi a’zosi Stephen L. Neal va senator William V. Roth, Jr. qoʻlida xodim sifatida ishlagan. Senator Rothning xodimi sifatida, u Mansfield Fellowship dasturini boshlagan.

Siyosiy faoliyati

Kengash palatasi a’zosi sifatida

Hayashi Shveysariyaning St. Gallen shahrida. 2011-yil.

Hayashi siyosiy faoliyatini otasi Yoshiro Hayashining 1992-yil dekabrida Miyazava kabinetida birinchi tarkib o‘zgarishidan so‘ng Moliya vaziri etib tayinlanganda, uning kotibi sifatida boshlagan. Hayashi birinchi marta 1995-yilda Kengash palatasiga saylangan. U o‘z oilasidagi siyosatchilarning to‘rtinchi avlodidan vakil hisoblanadi. Siyosiy faoliyatining dastlabki yillarida u ma’muriy va soliq islohotlariga e’tibor qaratgan. U Liberal-demokratik partiyaning Kōchikai fraksiyasiga qo‘shildi. Ushbu fraksiya an’anaviy ravishda mo‘tadil konservativ qarashlarni qo‘llab-quvvatlaydi, iqtisodiy farovonlik, liberallik qadriyatlari va xalqaro hamkorlikni targ‘ib qiladi, millatchilikni ideologiya sifatida qo‘llashga qarshi turadi. Uning otasi va sobiq bosh vazir Kiichi Miyazava ham shu fraksiyaga mansub bo‘lgan. Hayashi 1999-yil oktabrda Obuchi hukumatida Miyazava boshchiligidagi Moliya vazirligining parlament vitse-vaziri (大蔵政務次官) lavozimiga tayinlangan.

Hayashi birinchi marta 2008-yil 2-avgust kuni Fukuda hukumatida o‘tkazilgan tarkibiy o‘zgarishlar chog‘ida Mudofaa vaziri sifatida hukumat tarkibiga tayinlangan. Biroq Fukuda 2008-yil 24-sentabrda iste’foga chiqqan va Hayashi o‘rniga Yasukazu Hamada tayinlangan. Uning partiyasi 2009-yilgi umumiy saylovlarda asosiy muxolifat partiyasiga aylangach, u „soyaviy“ Moliya vazir lavozimida ishlagan. Hayashi 2012-yilgi umumiy saylovda Liberal-demokratik partiya hokimiyatga qaytishi oldidan o‘tkazilgan LDP raisligi uchun saylovda qatnashdi, biroq yakunda g‘olib Shinzo Abe bo‘ldi. Hayashini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan bir deputat shunday degan edi: „Bosh vazir Quyi palata a’zosi bo‘lishi kerak, chunki Yuqori palata a’zosi saylov e’lon qilinganda o‘z o‘rnini yo‘qotish xavfiga duch kelmaydi“.

Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik vaziri sifatida

Hayashi Qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida. 2012-yil.

Ikkinchi Abe hukumati 2012-yil 26-dekabrda tuzilgach, Hayashi Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimni 2014-yil 3-sentyabrgacha, Uchinchi Abe hukumati shakllantirilgungacha egallab turdi. Uning o‘rniga tayinlangan Koya Nishikawa mojarodan keyin iste’foga chiqishga majbur bo‘lgach, Hayashidan vazirlikka qaytishi so‘raldi va u 2015-yil 23-fevraldan 7-oktyabrgacha yana Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik vaziri sifatida xizmat qildi. Ichki bozor qisqarib borayotgani sababli, uning rahbarligidagi qishloq xo‘jaligi siyosati sanoatni ko‘proq eksportga yo‘naltirishga qaratilgan edi. U „FBI“ strategiyasini ilgari surdi, bu esa quyidagilarni anglatadi: Yaponiya taomlarini chet elda targ‘ib qilish, yapon kompaniyalari tomonidan xorijda oziq-ovqat biznesini rivojlantirish va Yaponiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish. 2012-yilgacha yillik taxminan ¥450 mlrd darajasida turgan Yaponiyaning oziq-ovqat eksporti 2015-yilga kelib ¥745 mlrdga yetdi.

Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri sifatida

U 2017-yil 3-avgustda Uchinchi Abe kabinetida o‘tkazilgan tarkibiy o‘zgarishlar chog‘ida Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimda 2017-yil noyabrda tuzilgan To‘rtinchi Abe hukumatida ham qolgan va 2018-yil oktabrda o‘tkazilgan hukumat tarkibi o‘zgarishigacha xizmat qilgan.

Vakillar palatasi aʼzosi sifatida

Hayashi 2021-yil 15-iyulda matbuot anjumani o‘tkazib, 2021-yilgi umumiy saylovga nomzodini qoʻymoqchi ekanligini e’lon qildi, bu esa uning Quyi palataga o‘tishini anglatar edi. U 2021-yil 16-avgustda Kengash palatasidan iste’fo berdi. U Yamaguchi prefekturasi 3-okrugi uchun o‘sha paytda xizmat qilayotgan deputat Takeo Kawamuraning qarshiligiga duch keldi; Kawamura dastlab o‘z fraksiyasi rahbari Toshihiro Nikaining qo‘llab-quvvatlashi bilan rasmiy LDP nomzodi sifatida qolishi kutilgan edi. 2021-yil 29-sentabrda, Hayashi bilan o‘xshash siyosiy qarashlarga ega bo‘lgan va Kōchikai fraksiyasiga mansub Fumio Kishida LDP raisligi saylovida g‘alaba qozonib, Bosh vazir bo‘ldi. Shu voqeadan so‘ng, LDP ning Yamaguchi mahalliy qo‘mitasi Hayashini rasmiy nomzod qilishni so‘radi, va Akira Amari Kawamuraga Hayashining saylov okrugida Kawamuradan ikki barobar mashhur ekanligini koʻrsatuvchi sirli so‘rovnoma natijalarini ko‘rsatib, Yoshimasaning undan koʻra mashhurroq ekanligiga ishontirganidan soʻng, Kawamura saylovda qatnashmaslikka qaror qildi. Rasmiy LDP nomzodi sifatida, Hayashi ovozlarning 77% ini qo‘lga kiritib, Quyi palata a’zosi bo‘ldi.

Tashqi ishlar vaziri sifatida

Hayashi, AQSh davlat kotibi Antony Blinken bilan. 2022-yil noyabr.

2021-yil noyabrda u Ikkinchi Kishida hukumatida Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Hayashi 2022-yil aprel oyida Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etgan birinchi yapon vaziri bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi sifatida

Hayashi 2023-yil sentyabrdagi kabinet tarkibi o‘zgarishida vazirlikdan ketib, LDP Soliq komissiyasining kichik qo‘mitasi raisi bo‘ldi, ammo dekabrda Hirokazu Matsuno iste’foga chiqqach, u yana kabinetga qaytarilib, Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

2024-yil 3-sentabrda Hayashi LDP rahbarligi uchun o‘z nomzodini e’lon qildi. U birinchi turdayoq 8,84% ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinda qolib, „poyga“dan chiqarildi. Yangi Bosh vazir Shigeru Ishiba Hayashini o‘z kabinetida Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi sifatida qoldirdi.

Shaxsiy hayoti

U karaoke va golfni yoqtiradi. Shuningdek, u Gi!nz nomli guruhda LDP dagi hamkasblari bilan gitara va klavishli musiqa asbobini chaladi.

Yuqori