Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yaxshi tumani — Akmola viloyatining janubi-gʻarbbiy qismida joylashgan. 1955-yili tashkil topgan. Maydoni 12,0 ming km². Aholisi 15 ming kishi, oʻrtacha zichlig

Yorqayin (tuman)

Yorqayin tumani
Жарқайың ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Derjavinsk
Asos solingan sanasi 1955-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 15 054
Zichligi 1,2 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 46,75%
Ruslar - 29,20%
Ukrainlar - 9,18%
Tatarlar - 3,12%
Beloruslar - 2,68%
Olmonlar - 2,01%
boshqalar - 7,06%
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Maydoni 12 100 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 021100-021122
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Yorqayin tumani xaritada
51°7′0″N 66°9′0″E / 51.11667°N 66.15000°E / 51.11667; 66.15000

Yaxshi tumani — Akmola viloyatining janubi-gʻarbbiy qismida joylashgan. 1955-yili tashkil topgan. Maydoni 12,0 ming km². Aholisi 15 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Derjavinsk shahri. Tuman hududi orqali Yesil — Orqaliq temir va avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Aholisi

Aholisi 17,8 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,4 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)

  • qozoqlar — 8 324 kishi (46,75 %)
  • ruslar — 5 199 kishi (29,20 %)
  • ukrainlar — 1 635 kishi (9,18 %)
  • tatarlar — 556 kishi (3,12 %)
  • beloruslar — 477 kishi (2,68 %)
  • olmonlar — 358 kishi (2,01 %)
  • moldavanlar — 187 kishi (1,05 %)
  • boshqirdlar — 148 kishi (0,83 %)
  • ozarbayjonlar — 133 kishi (0,75 %)
  • udmurtlar — 114 kishi (0,64 %)
  • mariylar — 100 kishi (0,56 %)
  • boshqalari — 574 kishi (3,22 %)
  • Umumiy — 17 805 kishi (100,00 %)

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 — 350, asosan yogʻingarchilik (50 — 60 %-i) iyun oyida boʻladi. mm.

Ijtimoiy soha

Tumanda 24 ta oʻrta, 4 ta boshlangʻich maktab, 2 ta bolabogʻcha, tuman kasalxonasi, 21 ta akusher-feldsherlik punkt, 18 ta klub va madaniyat uyi, 22 ta kutubxona bor (2000). 1956-yildan buyon „Tselinnoe znamya“ roʻznomasi chiqariladi.

Katta qishloqlari

  • Barankoʻl qishlogʻi
  • Birsuat qishlogʻi
  • Gastello qishlogʻi
  • Dalabay aqishlogʻi
  • Janadala qishlogʻi
  • Zapadniy qishlogʻi
Yuqori