| Yor-yor | |
|---|---|
![]() „Yor-yor“ filmidan skrinshot | |
| Rejissyor(lar) | Ali Hamroyev |
| Ssenariy muallif(lar)i | Rahmat Fayziy |
| Rollarda |
|
| Bastakor(lar) |
|
| Montajyor(lar) | Odil Yoqubov |
| Studiya | Oʻzbekfilm |
| Davomiylik | 70 minut |
| Mamlakatlar | Oʻzbek SSR, SSSR |
| Tillar | Oʻzbekcha, ruscha |
„Yor-yor“ (ruscha: Где ты, моя Зульфия?) — taniqli oʻzbek rejissori Ali Hamroyev 1964-yil yaratgan musiqiy kinokomediya. Film eng sara oʻzbek komediyalaridan biri hisoblanadi, uni baʼzan „oʻzbek milliy komediyasi” deb atashadi.
Syujeti
Baxtiyor (Baxtiyor Ixtiyorov ijro etgan) Zulfiya degan qizni televizorda koʻrib, uni sevib qoladi. Zulfiyani izlab topishga qaror qilgan Baxtiyor otasi bilan butun Oʻzbek SSRni kezadi. Ular juda koʻp odamni uchratishadi, turli voqealarni boshdan kechirishadi, ammo Zulfiyani topa olishmaydi. Toshkentga qaytganlaridan keyin Baxtiyor va uning oilasi shaharning eski qismidagi uylarini tashlab, yangi kvartiraga koʻchib chiqishadi. Film oxirida Baxtiyor yangi uyda Zulfiya bilan qoʻshni ekanligini koʻradi.
- Filmlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston filmlari
- 1964-yil filmlari
- Ali Hamroyev filmlari
- Oʻzbek tilidagi filmlar
- Bosmachilik haqida kinolar
- Oʻzbekiston kinokomediyalari
- Alifbo boʻyicha filmlar
