Yangi shotlandiya — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi provinsiya, Yangi Shotlandiya yarim orol va KeypBreton o.da. Mayd. 55,3 ming km². Aholisi 944,7 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Galifaks shahri Yangi shotlandiya iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya. Foydali qazilmalardan koʻmir, barit, gips qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kokskimyo, transport mashinasozligi, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Yangi Shotlandiya shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Bogʻdorchilik rivojlangan. Yangi shotlandiyaning tub aholisi indeyslar. XVII-asrning boshlaridan yevropaliklar — fransuzlar va inglizlar koʻchib borgan. Angliya — Fransiya urushidan soʻng 1713-yildan 1867-yil gacha Buyuk Britaniya mulki.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Yangi Shotlandiya