Xoʻjamazgil makoni — yuqori paleolit davriga oid makon. Samarqand viloyati Bulungʻur tumanining Xoʻjamazgil qishlogʻi yaqinidagi qoya bagʻrida joylashgan. Maydoni taxminan 3 ga. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti xodimlari oʻrgangan (1969). Xoʻjamazgil makonidan koʻplab tosh qurollar, xilma-xil pichoqlar, qirgʻichlar, keskichlar, tosh boltalar, nukleuslar, tosh parrakchalar va plastinkalar topilgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkumlar::
- Oʻzbekiston arxeologiyasi
- Oʻzbekiston tarixi
- Samarqand viloyati