| Choriyev Norxoʻja Kenjayevich | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1972-yil 28-oktyabr |
| Kasbi | shoir, faylasuf |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
| Faoliyat yillari | 1995-yildan beri |
| Janr | Sheʼr |
Xoja (asl ism-sharifi – Choriyev Norxoʻja Kenjayevich; 1972–yil 28–oktyabr) – shoir va faylasuf. Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (2005).
Biografiyasi
Shoir 1972-yilda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida dunyoga kelgan. Umumiy oʻrta taʼlim maktabini bitirgach, Samarqand davlat universitetining tojik filologiyasida fakultetida tahsil oladi. Universitetni aʼlo baholar bilan bitirib, Samarqand davlat chet tillar instituti aspirantura bosqichida oʻqishni davom ettiradi.
Koʻp yillar Samarqand davlat tibbiyot universiteti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Hozir Samarqand davlat universiteti tahririyatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Asarlari
Shoir Xoja maktabda oʻqigan davridan fors-tojik tilida sheʼr yozish va badiiy adabiyotga qiziqqan. Yuzdan ortiq mumtoz va zamonaviy fors-tojik adabiyoti vakillari ijodidan namunalarni yoddan biladi. Sheʼrlari Oʻzbekistonning turli nashrlari hamda xorijiy gazeta va jurnallarda chop etilgan.
1997-yil shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Sukunat qaʼridan yoʻllangan xabar“ („Паёме аз жарфои сукут“) nomi bilan nashrdan chiqqan. Bu majmuadan oʻrin olgan sheʼrlari asosan ishqiy va falsafiy mavzularda yozilgan boʻlib, kitobxonlar tomonidan baland baholanadi. 2003-yilda shoirning ikkinchi kitobi „Muhabbat haykali“ („Муҷассамаи ишқ“) nomi bilan chop etilgan. Xojaning ijodi keyinchalik bir qator Oʻzbekiston, Tojikiston, Eron va boshqa davlatlardan chiqqan sheʼriy toʻplamlardan joy olgan.
2022-yilda shoirning navbatdagi kitobi „Sendan Haqning ishqiga qadar“ („Аз ишқи ту то ишқи Ҳақ“) Samarqand viloyat hokimligi „Ovozi Samarqand“ gazetasi tahririyati kutubxonasi rukni ostida sheʼriyat ixlosmandlariga taqdim etildi. 2023-yil ushbu kitobi „Eng ulugʻ, eng aziz“ koʻrik tanlovining nazm yoʻnalishi gʻolibi boʻlgan.
- 28-oktyabrda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Dehqonobod tumanida tugʻilganlar
- Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti oʻqituvchilari
- Oʻzbekistonlik erkak shoirlar
