Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Xalqaro gimnastika federatsiyasi ( fransuzcha: Federation Internationale de Gymnastique (FIG) yokiinglizcha: International Gymnastics Federation (IGF) — sport g

Xalqaro gimnastika federatsiyasi

Xalqaro gimnastika federatsiyasi ( fransuzcha: Federation Internationale de Gymnastique (FIG) yokiinglizcha: International Gymnastics Federation (IGF) — sport gimnastika turlari federasiyasi. Dunyodagi eng qadimgi sport federasiyasi sanaladi.

Xalqaro gimnastika federatsiyasi
Ishga tushgan sanasi 1881-yil
Joylashuvi ShveysariyaLozanna
Prezident Yaponiya Morinari Vatanabe
Aʼzolari 130 ta milliy federasiyalar
Til(lar)i Ingliz, fransuz
Vebsayti gymnastics.sport

Tarixi

Ushbu tashkilot 1881-yil 23-iyulda Belgiya gimnastika assosiasiyasi prezidenti Nikolas Kuperus tashabbusi bilan Lejadagi (Belgiya)kongressda uchta davlat - Belgiya, Niderlandiya va Fransiya vakillarini birlashtirgan Yevropa gimnastika assosiasiyasi tashkil etildi. Shunday qilib, FIG eng qadimgi xalqaro sport federasiyasi hisoblanadi. Bora-bora a’zo mamlakatlar hududi kengayib boradi va Yevropa gimnastika assosiasiyasi kengayib, Xalqaro gimnastika federasiyasi (FIG) qayta tashkil etilfdi.

Gimnastika 1896-yilgi birinchi Olimpiada o‘yinlaridan buyon Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. FIG Xalqaro Olimpiya yozgi sport turlari federasiyalari assosiasiyasining a’zosi va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tan olingan.

Mazkur federasiya gimnastikachilarning chiqishlarini baholash qoidalarini belgilaydigan reglamentini ishlab chiqadi. Xalqaro gimnastika federasiyasiga yettita gimnastika yo‘nalishi bo‘lgan: sport gimnastikasi (erkaklar va ayollar), badiiy gimnastika, sport aerobikasi, sport akrobatikasi, batutda sakrash, parkur kiradi.

Yuqori