| Vosit Saʼdulla | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 5-fevral 1914-yil Andijon, Oʻzbekiston |
| Vafoti | 7-oktyabr 1987-yil (73 yoshda) |
| Fuqaroligi | SSSR |
| Mukofotlari | |
Vosit Saʼdulla (1914-yil 5-fevral – 1987-yil 7-oktyabr) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi va shoir.

Faoliyati
1932-yil Maorif xodimlar soyuzi aʼzosi. 1932—1934- yillarda Andijon shahar 6—17- sonli maktabida oʻqtuvchilik faoliyatida. 1934—1935-yillarda Andijon shahar maorif boʻlimida savodsizlik bitirish boʻyicha inspektor, maktabgacha tarbiya murabbiylarni tayyorlash texnikumida ilmiy mudir va oʻqtuvchilik faoliyatini yuritgan.1937-yil oʻqtuvchilar institutini bitirib singlisi Xoshiyaxon, xolasi Dilororomxon qoʻlida oʻz tarbiyasiga olish maqsadida Andijon keladi, 29-sonli oʻrta maktabda til va adabiyot oʻqtuvchisi va respublika uygʻur teatrida adabiy emakdosh boʻlib ishlaydi. 1938-yilning avgust oyida oʻqishni davom ettirish uchun Toshkentga borib, hozirgi Nizomiy nomidagi davlat pedagogika institutiga 3-kursiga qabul qilingan.1939—1940-yillarda oʻqishdan ajralmagan holatda „Yosh kuch“ jurnali pozziya, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida bolalar adabiyotining mudiri boʻlib ishladi. 1940-yil Nizomiy nomidagi davlat pedagogika institutini tamomladi.1942-yil 20-iyunida Andijon teatrida uylandi.1956-yil avgust oyida 8-sonli shahar oʻrta maktabiga til adabiyot oʻqtuvchisi etib tayinlandi. 1960-yil 16-aprelda Andijon davlat pedagogika instituti ishga chaqiradi va adabiyot oʻqtuvchisi etib tayinlandi. „Jahon adabiyoti“ jurnali tomonidan tashkil etilgan Vosit Saʼdullaning insoniy va ijodiy jasorati orqasidan saqlanib qolgan Choʻlponning bir necha ijodlari bilan tanishishimiz mumkin. Vosit Saʼdullaning 1934-yildan boshlab respublika gazeta va jurnallarda sheʼriy toʻplamlari chiqa boshlagan. 1942-yilda Vosit Saʼdulla „Iroda“ nomli pyesa yozadi. Vosit Saʼdulla Andijon shahar 34-sonli maktabda adabiyot oʻqtuvchisi lavozimida ishlagan. 1940-yilda OʻzLKSM bolalar va yoshlar adabiyoti tomonidan „Gullash“ toʻplamiga oid 3 xil „Orzu“ „Ey quyosh“ Qumrining hasharchilari sheʼriy toʻplamlari chop etilgan.
Kitoblari
„Yashna“(1939-yil), „Joʻr“(1964-yil), „Sayqal“(1970-yil), „Xuroson yulduzi“ (1971-yil) „Yuz gʻazal“ (1973-yil).
Sheʼriy toʻplamlari
„Xamrox“(1982-yil), „Hayot devonlari“(1986-yil),
Vafoti
Vosit Saʼdulla 1987-yil 7-oktyabrda 83 yoshida vafot etadi.
Adabiyotlar
- Maxmudov, Avazbek. Andijon sanʼati fidoiylari, Toʻldirilgan 2-nashr, Toshkent: Akademnashr, 2018 — 71-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil.
- Vodiynoma, Akademnashr 2018-yil, Akademnashr — 75-bet. ISBN 2181-8738.
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 5-fevralda tugʻilganlar
- 1914-yilda tugʻilganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- 7-oktyabrda vafot etganlar
- 1987-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari
- Alifbo boʻyicha shoirlar
- Oʻzbekistonlik erkak shoirlar
- Sheʼriyat
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar