Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nazarov Vosiljon Shuhratovich (1984-yil 17-sentyabr; Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – moliyachi, 2021–2022-yillar Bagʻdod tumani hokimi, 2022-yildan

Vosiljon Nazarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vosiljon Nazarov
Nazarov Vosiljon Shuhratovich
 Fargʻona shahri hokimi
Mansab davri
2022-yil 24-yanvar  hozirga qadar
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Xayrullo Bozorov
Oʻtmishdoshi Mirzohid Ubaydullayev
Vorisi Yusufjon Husayinov
 Bagʻdod tumani hokimi
Mansab davri
2021-yil 6-fevral  2022-yil 24-yanvar
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Xayrullo Bozorov
Oʻtmishdoshi Alibek Tursunov
Vorisi Yusufjon Husayinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1984-yil 17-sentyabr (1984-09-17) (41 yosh)
Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi
Taʼlim 2002–2006-yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Nazarov Vosiljon Shuhratovich (1984-yil 17-sentyabr; Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – moliyachi, 2021–2022-yillar Bagʻdod tumani hokimi, 2022-yildan Fargʻona shahri hokimi.

Hayoti

Nazarov Vosiljon 1984-yil 17-sentyabrda Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida tavallud topgan. 2002–2006-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida moliya sohasi boʻyicha tahsil olgan.

Faoliyati

Dastlab, 2006–2007-yillarda Fargʻona viloyati monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmasi, Monopolist korxonalarning tarkibiy jihatdan oʻzgartirish boʻlimi bosh mutaxassisi; 2007–2008-yillarda Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish boʻyicha moliyalashtirish boʻlimi yetakchi iqtisodchisi va Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Byudjetni jamlama boʻlimi bosh iqtisodchi; 2008–2009-yillarda Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Byudjetni jamlama boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari va Fargʻona viloyati moliya boshqarmasi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori mudiri; 2009–2011-yillarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani moliya boʻlimi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori mudiri; 2011–2012-yilllarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani Moliya boʻlimi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori bosh iqtisodchisi; 2012–2014-yillarda Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Buvayda tumani boʻlimi rahbari; 2014–2016-yillarda Fargʻona viloyati xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri va Buvayda tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari; 2018–2019-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Vosiljon Nazarov 2021-yil 6-fevralda Bagʻdod tumani hokimi lavozimida tayinlangan. 2022-yil 24-yanvardan esa Fargʻona shahri hokimi lavozimiga oʻtib, oʻz faoliyati yuritmoqda.

Yuqori