Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Voleybol toʻpi — bu yopiq voleybol, plyaj voleyboli yoki boshqa kamroq tarqalgan sport turlarida oʻynash uchun ishlatiladigan toʻp. Voleybol toʻplari yumaloq bo

Voleybol toʻpi

Voleybol toʻpi — bu yopiq voleybol, plyaj voleyboli yoki boshqa kamroq tarqalgan sport turlarida oʻynash uchun ishlatiladigan toʻp. Voleybol toʻplari yumaloq boʻlib, anʼanaviy ravishda oʻn sakkizta toʻrtburchaklar shaklidagi sintetik yoki haqiqiy teridan yasalgan qismlardan iborat.

Moltenning yopiq hududlarda oʻynash uchun moʻljallangan toʻpi
Mikasa VLS300 rasmiy plyaj voleyboli FIVB plyaj musobaqalari (2017)

Voleybol toʻpining sifatlari

Yopiq voleybollar sportning yopiq versiyasi uchun, plyaj voleybollari esa plyaj oʻyinlari uchun moʻljallangan. Yopiq voleybol toʻplari ikkita versiyada ishlab chiqariladi: yoshlar moʻljallangani biroz kichikroq va ikkinchisi esa odatiy voleyboli toʻpi. Plyaj voleybollari standart yopiq toʻplardan bir oz kattaroq, tashqi tuzilishi qoʻpolroq va ichki bosim pastroq. Ular yorqin rangli yoki oq boʻlishi mumkin.

Voleybol toʻpi xususiyatlari
Atrof sm (dyuym) Massa
gramm (unsiya)
Ichki bosim
kgf/sm² (psi)
Standart yopiq joylarda 65-67 (25,5-26,5) 260-280 (9,2-9,9) 0,3-0,325 (4,3-4,6)
Yoshlar uchun yopiq joylarda 63-65 (25-26) 260-280 (9,2-9,9) 0,3 (4,3)
Plyajda 66-68 (26-27) 260-280 (9,2-9,9) 0,175-0,225 (2,5-3,2)

Asosiy brendlar

Amaldagi raqobatbardosh voleybol toʻplarining bir nechta brendlari mavjud, jumladan shular. Lekin boshqa brendlar ham mavjud

  • Tachikara
  • Molten
  • Allsix
  • Copaya
  • Wilson
  • Baden Sports
  • Mikasa
  • Mizuno
  • Nike
  • Spalding
  • Beta
  • Gala (Chexiya Respublikasida ishlab chiqarilgan)

Qabul qilingan foydalanish

  • Mikasa Xalqaro voleybol federatsiyasi va CEV — Yevropa voleybol konfederatsiyasining rasmiy toʻplarini ishlab chiqaradi (plyaj va yopiq joylar uchun).
  • Molten AQSh voleybolining rasmiy toʻpini ishlab chiqaradi
  • Molten NCAA Voleybolining rasmiy toʻpini ishlab chiqaradi (yopiq).
  • Wilson professional voleybol assotsiatsiyasining rasmiy toʻpini ishlab chiqaradi (plyaj).

Yana qarang

  • Rasmiy toʻplar taʼminotchisi
Yuqori