Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

[[Nyu-York]], [[Nyu-York shahri|NY]] 10007AQSh"},"muassisi":{"wt":"Arthur Baldwin Turnure"},"bosh muharriri":{"wt":"[[Chloe Malle]]"},"adadi":{"wt":"1,250,845{{

Vogue (jurnal)

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Vogue
Sohasimoda
Davriyligihar oy (1 yilda 10x)
Tiliingliz
Tahririyat manziliOzodlik minorasi
Nyu-York, NY 10007
AQSh
Bosh muharrirChloe Malle
MuassislarArthur Baldwin Turnure
Nashriyot (mamlakat)Condé Nast (Qoʻshma Shtatlar)
Adadi1,250,845
ISSN0042-8000

Veb-sayti: vogue.com

Vogue (barchasi katta harflar bilan yoziladi), shuningdek, American Vogue nomi bilan ham tanilgan oylik moda jurnali boʻlib, yuqori moda, goʻzallik, madaniyat, turmush tarzi va podium yangiliklari yoritiladi. Condé Nast ommaviy axborot vositalari kompaniyasining global VOGUE media toʻplamining bir qismi. Uzoq yillar davomida jurnalning bosh muharriri boʻlib kelgan Anna Wintour tez orada lavozimini tark etadi va uning oʻrnini Chloe Malle egallaydi va „Tahririy kontent rahbari“ga aylanadi. Biroq Wintour global darajada Vogue va Condé Nastning boshqa nashrlari hamda platformalarini nazorat qilishni davom etadi.

Vogue jurnali bosh ofisi Lower Manhattan hududidagi Ozodlik minorasi binosida joylashgan. Jurnal 1892-yilda haftalik gazeta sifatida chiqarila boshlagan, keyinchalik oylik jurnal shakliga oʻtgan. Asos solinganidan beri Vogue jurnali oʻz sahifalarida koʻplab aktyorlar, musiqachilar, modelllar, sportchilar va boshqa mashhur shaxslarni namoyish qilib kelmoqda.

British Vogue yaʼni Britaniya nashri 1916-yilda ishga tushirilgan boʻlib, Vogue jurnalining birinchi xalqaro tahririyati hisoblanadi. Italiyancha nashri hisoblanuvchi Vogue Italia esa dunyodagi eng nufuzli moda jurnali sifatida eʼtirof etilgan. 2025-yil mart oyi holatiga koʻra, Voguening 28 ta xalqaro nashri mavjud. Ulardan 11 tasi Condé Nast tomonidan bevosita chop etilad. Ular: British Vogue, Vogue Arabia, Vogue Hong Kong, Vogue Deutsch, Vogue España, Vogue France, Vogue India, Vogue Italia, Vogue Japan, Vogue México y Latinoamérica va Vogue Taiwan. Qolgan 16 ta nashr esa Vogue litsenziyasi asosida chop etiladi.

Tarixi

Vogue Amerika modasi va madaniyatiga oid jurnal hisoblanadi. Jurnal yiliga 10 marta nashr etiladi, bunda yanvar/fevral (qishki) va iyun/iyul (yozgi) sonlari qoʻshma holda chiqariladi.

Dastlab Vogue haftalik nashr sifatida chiqarila boshlangan, keyinchalik 1910-yildan boshlab ikki haftada bir marta chop etilgan (1910–1944-yillarda yiliga 24 ta son, 1945-yilda 22 ta son, 1946–1947-yillarda yiliga 23 ta son, 1948–1972-yillarda yiliga 20 ta son). 1973-yildan jurnal oylik nashrga aylangan va yiliga 12 ta soni chop etilgan. 2020-yildan iyun va iyul sonlari qoʻshib chiqarila boshlandi, 2023-yildan esa yanvar va fevral sonlari ham birlashtirildi.

Jurnal 1892-yilda Arthur Baldwin Turnure tomonidan asos solingan, 1909-yilda esa hozirgi noshir Condé Nast uni sotib olgan.

Aylanmasi

Umumiy aylanmalar (AQSh va xalqaro miqyosda)
Yil 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024
Aylanma 1,230,101 1,221,259 1,230,894 1,239,212 1,268,936 1,250,845 1,232,134

Muharrirlar

Muharrir Boshlangan yili Tugagan yili Manbalar
Vogue (1892–present)
Josephine Redding 1892 1901
Marie Harrison 1901 1914
Edna Woolman Chase 1914 1952
Jessica Daves 1952 1962
Diana Vreeland 1963 1971
Grace Mirabella 1971 1988
Anna Wintour 1988 2025
Chloe Malle 2025 present
Vogue Knitting (1932–1969)
Judy Brittain
Ruth Seder Cooke
Helen Catchings Murray 1962 or 1963
Patricia Boyle 1962 or 1963 1969
Teen Vogue (2003–present)
Amy Astley 2002 2016
Elaine Welteroth 2016 2018
Lindsay Peoples Wagner 2018 2021
Alexi McCammond 2021 2021
Versha Sharma 2021 present
Menʼs Vogue (2005–2009)
Jay Fielden 2005 2009

Galereya

Yuqori