| Vogue | |
|---|---|
| Sohasi | moda |
| Davriyligi | har oy (1 yilda 10x) |
| Tili | ingliz |
| Tahririyat manzili | Ozodlik minorasi Nyu-York, NY 10007 AQSh |
| Bosh muharrir | Chloe Malle |
| Muassislar | Arthur Baldwin Turnure |
| Nashriyot (mamlakat) | Condé Nast (Qoʻshma Shtatlar) |
| Adadi | 1,250,845 |
| ISSN | 0042-8000 |
| | |
| Veb-sayti: vogue.com | |
Vogue (barchasi katta harflar bilan yoziladi), shuningdek, American Vogue nomi bilan ham tanilgan oylik moda jurnali boʻlib, yuqori moda, goʻzallik, madaniyat, turmush tarzi va podium yangiliklari yoritiladi. Condé Nast ommaviy axborot vositalari kompaniyasining global VOGUE media toʻplamining bir qismi. Uzoq yillar davomida jurnalning bosh muharriri boʻlib kelgan Anna Wintour tez orada lavozimini tark etadi va uning oʻrnini Chloe Malle egallaydi va „Tahririy kontent rahbari“ga aylanadi. Biroq Wintour global darajada Vogue va Condé Nastning boshqa nashrlari hamda platformalarini nazorat qilishni davom etadi.
Vogue jurnali bosh ofisi Lower Manhattan hududidagi Ozodlik minorasi binosida joylashgan. Jurnal 1892-yilda haftalik gazeta sifatida chiqarila boshlagan, keyinchalik oylik jurnal shakliga oʻtgan. Asos solinganidan beri Vogue jurnali oʻz sahifalarida koʻplab aktyorlar, musiqachilar, modelllar, sportchilar va boshqa mashhur shaxslarni namoyish qilib kelmoqda.
British Vogue yaʼni Britaniya nashri 1916-yilda ishga tushirilgan boʻlib, Vogue jurnalining birinchi xalqaro tahririyati hisoblanadi. Italiyancha nashri hisoblanuvchi Vogue Italia esa dunyodagi eng nufuzli moda jurnali sifatida eʼtirof etilgan. 2025-yil mart oyi holatiga koʻra, Voguening 28 ta xalqaro nashri mavjud. Ulardan 11 tasi Condé Nast tomonidan bevosita chop etilad. Ular: British Vogue, Vogue Arabia, Vogue Hong Kong, Vogue Deutsch, Vogue España, Vogue France, Vogue India, Vogue Italia, Vogue Japan, Vogue México y Latinoamérica va Vogue Taiwan. Qolgan 16 ta nashr esa Vogue litsenziyasi asosida chop etiladi.
Tarixi
Vogue Amerika modasi va madaniyatiga oid jurnal hisoblanadi. Jurnal yiliga 10 marta nashr etiladi, bunda yanvar/fevral (qishki) va iyun/iyul (yozgi) sonlari qoʻshma holda chiqariladi.
Dastlab Vogue haftalik nashr sifatida chiqarila boshlangan, keyinchalik 1910-yildan boshlab ikki haftada bir marta chop etilgan (1910–1944-yillarda yiliga 24 ta son, 1945-yilda 22 ta son, 1946–1947-yillarda yiliga 23 ta son, 1948–1972-yillarda yiliga 20 ta son). 1973-yildan jurnal oylik nashrga aylangan va yiliga 12 ta soni chop etilgan. 2020-yildan iyun va iyul sonlari qoʻshib chiqarila boshlandi, 2023-yildan esa yanvar va fevral sonlari ham birlashtirildi.
Jurnal 1892-yilda Arthur Baldwin Turnure tomonidan asos solingan, 1909-yilda esa hozirgi noshir Condé Nast uni sotib olgan.
Aylanmasi
| Yil | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | 2022 | 2023 | 2024 |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Aylanma | 1,230,101 | 1,221,259 | 1,230,894 | 1,239,212 | 1,268,936 | 1,250,845 | 1,232,134 |
Muharrirlar
| Muharrir | Boshlangan yili | Tugagan yili | Manbalar |
|---|---|---|---|
| Vogue (1892–present) | |||
| Josephine Redding | 1892 | 1901 | |
| Marie Harrison | 1901 | 1914 | |
| Edna Woolman Chase | 1914 | 1952 | |
| Jessica Daves | 1952 | 1962 | |
| Diana Vreeland | 1963 | 1971 | |
| Grace Mirabella | 1971 | 1988 | |
| Anna Wintour | 1988 | 2025 | |
| Chloe Malle | 2025 | present | |
| Vogue Knitting (1932–1969) | |||
| Judy Brittain | |||
| Ruth Seder Cooke | |||
| Helen Catchings Murray | 1962 or 1963 | ||
| Patricia Boyle | 1962 or 1963 | 1969 | |
| Teen Vogue (2003–present) | |||
| Amy Astley | 2002 | 2016 | |
| Elaine Welteroth | 2016 | 2018 | |
| Lindsay Peoples Wagner | 2018 | 2021 | |
| Alexi McCammond | 2021 | 2021 | |
| Versha Sharma | 2021 | present | |
| Menʼs Vogue (2005–2009) | |||
| Jay Fielden | 2005 | 2009 | |
Galereya
Vogue 1908-yilda
Vogue 1914-yilda
Vogue 1920-yilda
Vogue jurnalida 1920-yilda Adolph de Meyer tomonidan chizilgan illyustratsiya
Vogue 1926-yilda
Vogue jurnalidagi illyustratsiya, 1926-yil
- Jurnallar
- 1892-yilda tashkil etilgan jurnallar
- Moda jurnallari
- Ayollar moda jurnallari
- AQShdagi oylik jurnallar
- Nyu-York shahrida nashr qilinadigan jurnallar
- Vogue (jurnal)