Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Vodillik kelin (ruscha: Невеста из Ваудиля) — Ali Hamroyev tomonidan suratga olingan oʻzbek-sovet filmi.

Vodillik kelin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vodillik kelin
Rejissyor(lar) Ali Hamroyev
Ssenariy
muallif(lar)i
Ali Hamroyev
Rollarda
Bastakor(lar)
Postanovkachi
rassom(lar)
Sadriddin Ziyomuhamedov
Studiya Oʻzbekfilm
Premyera
sanasi
  • 1984-yil (1984)
Davomiylik 91 daqiqa
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Tillar ruscha, oʻzbekcha

Vodillik kelin (ruscha: Невеста из Ваудиля) — Ali Hamroyev tomonidan suratga olingan oʻzbek-sovet filmi.

Filmdagi baʼzi qoʻshiqlarni xonanda Nargiz Zokirova ijro etgan. Xususan, Farrux Zokirov musiqasi va Ilya Reznik sheʼri asosida yaratilgan „Помни меня“ (oʻzbekcha: Esla meni) qoʻshigʻi bilan kinoteatrda ham chiqish qiladi. U 15 yoshida ushbu qoʻshiq bilan yosh ijrochilar uchun „Юрмала-86“ I Butunittifoq televizion tanlovida qatnashib tomoshabinlar eʼtirofi boʻyicha mukofotni qoʻlga kiritadi.

Namoyish davomida film oʻz atrofiga 3 200 000 nafar tomoshabin yigʻgan.

Советская культура gazetasi filmning anʼanaviy syujet tuzilmasi, muallifning hazil-mutoyibasi va xalq motivlari talqinining uygʻunligini alohida taʼkidlaydi. Shuningdek, maqolada suratga olishda antiqa va ekzotik uslublardan foydalangan operator Rifqat Ibragimovning ishi ham alohida eʼtirof etilgan.

Voqealar rivoji

Tramvay haydovchisi, Husan va uning oʻgʻli, Yodgor, Toshkentda adashib qolgan Asalni uchratib qolishadi. Yodgor qizga tezda oshiq boʻlib qoladi. Keyinchalik yigitning otasi uni harbiy xizmatga ketishidan avvalroq uylantirishga qaror qiladi. Bu paytda, Asal Toshkentdagi hayotga moslashishga harakat qilar, boshqa qizlarga taqlid qilishga urinar edi, biroq ortiqcha eʼtibor unga yoqmaydi. Boʻlgan ishlardan xafa boʻlgan qiz oʻzi tugʻilgan qishloqqa, Vodilga qaytib ketadi. Yodgor esa uning ortidan ketadi. Oʻgʻlining maktubini olgan Husan Yodgorni izlab yoʻlga tushadi. Asalning otasi militsioner hamda kurashchi Ahmad polvon yoshlarning munosabatiga qarshi chiqadi. Husan va Ahmad oʻrtadagi muammoni hal qilish uchun kurash tushishga qaror qilishadi. Ikkala ota ham gʻalaba bilan farzandini xursand qilishga harakat qilsa-da, kurash durang bilan tugaydi. Oxir-oqibat oilalar toʻyga rozi boʻlishadi. Bu orada beva boʻlgan Husan Halima ismli ayol bilan tanishib qoladi va u Ahmadning singlisi ekanini bilib qoladi. Toʻy soni esa yana bittaga koʻpayadi. Film yakunida barcha Yodgorni harbiy xizmatga kuzatish uchun aeroportga borishi bilan yakunlanadi.

Rollarda

Aktyor Rol
Raʼno Zokirova Asal Asal
Furqat Fayziyev Yodgor Yodgor
Husan Sharipov Husan Ortiqovich Husan Ortiqovich Yodgorning otasi
Baxtiyor Ixtiyorov Ahmad polvon Ahmad polvon Asalning otasi
Maryam Ixtiyorova Halima Halima Asalning ammasi
Oybarchin Bakirova Nuriniso Nuriniso Ahmadning rafiqasi
Ergash Karimov sartarosh sartarosh
Maryam Yoqubova Raʼno buvi Raʼno buvi
Dilorom Qambarova Dilya Dilya
Yuqori