Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Vladimir Petrovich Nalivkin (1852.15.07, Kaluga - 1918.20.01, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos, lingvist va pedagog.

Vladimir Nalivkin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vladimir Nalivkin
Tavalludi 6 (18) fevral 1852 va 8-mart 1852
Vafoti 20-yanvar 1918 va 15-fevral 1918
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi

Vladimir Petrovich Nalivkin (1852.15.07, Kaluga - 1918.20.01, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos, lingvist va pedagog.

Biografiyasi

1852-yil 25-fevralda (boshqa ma'lumotlarga koʻra, 15-iyul) Kaluga shahrida zodagon oilasida tugʻilgan.

1-harbiy gimnaziyani, keyin Pavlovsk harbiy bilim yurtini tamomlagan. Kollejni tugatgach, Orenburg kazak polkiga xizmat qilish uchun yuborildi. 1873-yil artilleriya bilim yurtini tugatgach, Turkistonda xizmat qilgan, Xiva va Qoʻqon yurishlarida qatnashgan. Qisqa muddat Namanganda harbiy boshliqning yordamchisi boʻlib ishlagan. Yerli aholining tili, turmushi va urf-odatlarini yaqindan oʻrganish uchun Nanay qishlogʻidan yer sotib olib, oilasi bilan shu yerda bir necha yil yashagan. Oʻzbek, tojik, arab tillarini puxta oʻrgangan. Nalivkin Turkiston oʻlkasida ochilgan birinchi rus-tuzem maktabining dastlabki oʻqituvchilaridan boʻlgan, Toshkent oʻqituvchilar seminariyasida mahalliy tillardan dars bergan (1890-yilgacha). 1890—1895 yillarda Sirdaryo, Fargʻona va Samarqand gubernatorining yordamchisi boʻlgan. II Davlat dumasining deputatligiga saylangan. 1917-yilda Muvaqqat hukumatning Turkiston qoʻmitasiga raislik qilgan, mensheviklarni yoklagan.

Ilmiy faoliyati

Turkiston oʻlkasining tarixi, etnografiyasi, islom madaniyatiga doir koʻplab asarlar yozgan, oʻzbek ("sart"), fors tillari boʻyicha qoʻllanmalar yaratgan, "sartcha" (oʻzb.)-ruscha, ruscha-"sartcha" (oʻzb.), ruscha-forscha lugʻatlartuzgan. Akad. V. V. Bartoldnint taʼrificha, N. "ruslar orasida oʻzbek tili va turmushini eng yaxshi bilgan" olim edi. Uning xotini M. V. Nalivkina bilan birga yozilgan "Fargʻonadagi oʻtroq aholi ayollarining turmushiga doir ocherklar" hamda "Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi" asarlari sharqshunos olimlar tomonidan yuqori baholangan. Keyingi asar 1899-yilda Parijda fransuz tilida A.Dozon tarjimasida bosilgan.

Vafoti

Bolsheviklar Taʼsis majlisini tarqatib yuborib, zoʻravonlik bilan hokimiyatni bosib olgandan keyin N. boʻlajak qatagʻonlar va vahshiyliklarni oldindan koʻra olgan. U 1918-yil 20-yanvarda Toshkentda bolsheviklar tuzumiga norozilik sifatida xotinining qabri ustida oʻzini otib oʻldirgan.

Adabiyotlar

  • Russko-sartovskiy i sartovskorusskiy slovar, s prilojeniyem kratkoy grammatiki po narechiyam Namanganskogo uyezda, sost. V. Nalivkin i M. Nalivkina, Kazan, 1884; Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol osedlogo naseleniya Turkestanskogo kraya, izd., 2, ispr, T., 1986; Sartovskaya xrestomatiya dlya Turkestanskoy uchitelskoy seminarii, T., 1896; Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu sartovskogo yazika, Samarqand, 1898.



==

Yuqori