Anand Vishvanatan (tam. விசுவநாதன் ஆனந்த்; 11-dekabr 1969-yilda tugʻilgan) hind shaxmatchisi, xalqaro grossmeysteri va joriy jahon chempionidir. Anand Jahon Shaxmat Chempionatida besh marta yutgan (2000, 2007, 2008, 2010, 2012), 2007-yildan beri chempionlikni ushlab kelmoqda.
| Vishvanatan Anand | |
| விசுவநாதன் ஆனந்த் | |
![]() Anand, 2009 | |
| Tugʻilgan sanasi: | 1969-yil 11-dekabr |
| Tugʻilgan joyi: | Mayiladuthurai, Tamil Nadu, Hindiston |
| Yashash joyi: | Hindiston |
| Unvoni: | Grossmeyster (1988) |
| Maksimal reytingi: | 2871 (2011-yil) |
| Hozirgi reytingi : | 2791 |
| Mukofotlari: | Jahon chempioni (2000—2002; 2007-bugun) |
Anand Hindistonning birinchi grossmeysteridir. 2007-yili unga Hindistonning ikkinchi eng yuqori mukofoti Padma Vibhushan berildi va u bunday mukofot olgan ilk sportchi boʻldi.
Anand koʻp qirrali shaxmatchi — u turnir, match, tez shaxmat va nokautli musobaqalarda jahon chempionidir.
2012-yilgi jahon chempionatida u isroillik Boris Gelfandni yengib, chempionlikni saqlab qoldi.
