Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Videooʻyin yoki kompyuter oʻyini — kompyuter yordamida oʻynaladigan koʻngilochar oʻyin. Oʻyin maydoni kompyuter orqali boshqariladi yoki displey va televizor ek

Video oʻyinlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Videooʻyin yoki kompyuter oʻyini — kompyuter yordamida oʻynaladigan koʻngilochar oʻyin. Oʻyin maydoni kompyuter orqali boshqariladi yoki displey va televizor ekranida namoyon boʻladi. Turli oʻyinlar (masalan, avtomobilni boshqarish, tennis, futbol oʻynash va boshqalar) ning kechishi va vaziyatlari modellari (dasturlari) tuzilib, videooʻyinlar shular asosida tashkil qilinadi. Modelda oʻyinga jalb qilingan obyektlar va ular orasida boʻlishi mumkin boʻlgan munosabatlar aks etadi. Masalan, bir oddiyroq oʻyin saviyasidan yuqoriroq oʻyin saviyasiga oʻtish shartlarini oʻz ichiga olgan oʻyin qoidalari ishlab chiqiladi. Videooʻyinlar „jonli“ ravishda rivojlanib va murakkablashib borishi, yaqqolligi va vaziyatlarning son-sanoqsizligi bilan boshqa oʻyinlardan ajralib turadi. „Oʻyinchoqlar“ning mahorati va koʻnikmalari oshgan sari videooʻyinlar qiziqarli va mazmunliroq boʻlib boradi.

Yana qarang

Adabiyotlar

  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Yuqori