Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Van — Turkiyadagi shahar, Van elining maʼmuriy markazi. Van koʻlining jan.-sharqiy sohilida joylashgan. Aholisi 153 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari).

Van (shahar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Van — Turkiyadagi shahar, Van elining maʼmuriy markazi. Van koʻlining jan.-sharqiy sohilida joylashgan. Aholisi 153 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl stansiyasi. Q.x. rayoni markazi. Oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari bor. Mil. av. IX—VI asrlarda V. oʻrnida Urartu davlatining poytaxti — Tushpa joylashgan edi. Mil. av. VI—IV asrlarda Tushpa Axomaniylar, IV—II asrlarda esa Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan. Oʻsha davrdan shahar V. deb atalgan. Mil. av. I asrda V. ancha katta va mashhur shahar boʻlgan. 364 yilda Sosoniylar shohi Shopyp II ning qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan. X asrda Vaspurakan podsholigi tarkibidagi yirik shaharga aylandi. V.ni 1022 yilda Vizantiya, 1071 yilda Saljuqiylar davlati sultoni Alp Arslon qoʻshinlari, XIV asrning 2-yarmida Temur qoʻshinlari egalladi. XVII asrdan turklar qoʻliga oʻtdi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Yuqori