| Vali Haydarov | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1907 Toshkent, Sirdaryo viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, [{Rossiya imperiyasi]] |
| Vafoti | 21-aprel 1993-yil (86 yosh) Oʻzbekiston |
| Taʼlim | Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Tarix fakulteti) Partiya maktabi (Moskva) |
| Kasbi | siyosatchi |
| Mukofotlari | |
Vali Haydarov (1907-1993) — sovet iqtisodiyot, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957).
Tarjimai holi
1907-yilda Toshkent, Sirdaryo viloyati, Turkiston general-gubernatorligida tugʻilgan. KPSS aʼzosi. 1930-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1930-1962-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Pop va Yangiqoʻrgʻon tuman komitetlarining birinchi kotibi, Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Uychi va Uchqoʻrgʻon tuman komitetlarining birinchi kotibi boʻlgan. 1962-yil iyul oyida Oʻzbekiston Kompartiyasi MK plenumining qarori bilan Namangan hududiy ishlab chiqarish kolxoz-sovxoz boshqarmasi viloyat qoʻmitasining partiya tashkilotchisi lavozimiga oʻtkazildi.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi Farmoni bilan sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilgʻor tajribalardan keng foydalanilgani, erishilgan yutuqlari uchun paxta xomashyosidan yuqori va barqaror hosil olish uchun Haydarov Vali Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlangan.
1973-yilda nafaqaga chiqqanidan keyin Namangan paxta tozalash zavodiga direktor etib tayinlandi.
2—8-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.
U uchta Lenin ordeni, Oktyabr inqilobi ordenlari, ikkita Mehnat Qizil Bayroq, Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
1993-yil 21-aprelda vafot etgan.
- Toshkentda tugʻilganlar
- 21-aprelda vafot etganlar
- 1993-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- 1907-yilda tugʻilganlar
- Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari
