Valensiya — Ispaniya sharqidagi shahar. Valensiya tarixiy viloyati va provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 753 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Turiya daryosining Oʻrta dengizga quyilish joyidagi port. Xalqaro aeroport bor. Temir yoʻl tuguni. Sanoati asosan k,, x. mahsulotlarini qayta ishlash va chetga chiqarish bilan bogʻlangan. Mashinasozlik, kemasozlik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, kimyo sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Valensiyada arab va ispanlarning oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: sobor (XIII—XIV asrlar), Aguas saroyi (barokko uslubida. XVIII-asr) va b. Shaharda sanʼat, keramika muzeylari, botanika bogʻi va universitet (XVI asr) bor. V.ga mil. av. II asrda asos solingan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Tarixiy mamlakatlar poytaxtlari