Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Usmon Qoʻchqor(1953-yil 15-iyul – 21-sentyabr 2017-yil) – shoir va tarjimon. 1970—1975-yillarda Toshkent davlat universitetini oliy maʼlumotga ega boʻlgan holda

Usmon Qoʻchqor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Usmon Qoʻchqor
Tavalludi 15-iyul 1953-yil
Vafoti 21-sentyabr 2017-yil(2017-09-21)
(64 yoshda)
Buxoro
Mukofotlari

Usmon Qoʻchqor(1953-yil 15-iyul – 21-sentyabr 2017-yil) – shoir va tarjimon. 1970—1975-yillarda Toshkent davlat universitetini oliy maʼlumotga ega boʻlgan holda tamomlagan.

Biografiyasi

Usmon Qoʻchqor Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tavallud topgan. Ilk faoliyatini 1975—1977-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boshlagan. 1977—1979-yillarda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlgan. 1979—1986-yillarda „Oʻzbekiston“ nashriyotida muharrir boʻlib ishlagan.

Usmon Qoʻchqor „Chamangul“ (1996-yil) nomli bolalar uchun yozilgan sheʼriy guldastasi Respublika Davlat matbuot qoʻmitasining mukofotiga sazovor boʻlgan. Usmon Qoʻchqor „Shuhrat medali“ va „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan.

Sheʼriy toʻplamlari

„Ogʻif karvon“, „Uyqudagi minora“ va „Akssiz sadolar“.

Vafoti

Usmon Qoʻchqor 2017-yil Toshkent shahrida vafot etgan.

Yuqori