Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Umumiy xarajatlar — Iqtisodiyotda maʼlum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan minimal moliyaviy xarajatlar. U ishlab chiqarishning umumiy

Umumiy xarajatlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Umumiy harajatlarni doimiy harajatlar va o‘zgaruvchan xarajatlar yigʻindisi sifatida ifodalash mumkin. Bu yerda ishlab chiqarish hajmi gorizontal oʻqda tasvirlangan. Xarajat–hajm–foyda tahlili modelida umumiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan chiziqli boʻladi.
Agar umumiy xarajat egri chizigʻi chiziqli boʻlmasa, u ishlab chiqarish jarayonida ortib boruvchi va keyinchalik kamayib boruvchi marjinal qaytim holatlarini ifodalashi mumkin.

Umumiy xarajatlar — Iqtisodiyotda maʼlum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan minimal moliyaviy xarajatlar. U ishlab chiqarishning umumiy iqtisodiy xarajatlarini ifodalaydi va ikki asosiy qismdan iborat: ishlab chiqarish hajmiga qarab oʻzgaradigan o'zgaruvchan harajatlar (masalan, mehnat va xomashyo) hamda ishlab chiqarish hajmiga bogʻliq boʻlmagan doimiy harajatlar (masalan, bino va uskunalar). Doimiy xarajatlar qisqa muddatda oʻzgarmaydi va ayrim hollarda „qaytarib boʻlmaydigan xarajatlar“ni ham oʻz ichiga olishi mumkin.

Iqtisodiyot nazariyasida umumiy xarajat tarkibiga barcha ishlab chiqarish omillarining muqobil xarajatlari ham kiritiladi, yaʼni har bir resursdan foydalanishning eng yaxshi muqobil variantidan olinishi mumkin boʻlgan foyda ham hisobga olinadi.

Qoʻshimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan qoʻshimcha umumiy xarajat marjinal harajat deb ataladi.

Marjinal harajatni umumiy xarajat funksiyasining yoki oʻzgaruvchan xarajat funksiyasining hosilasi orqali ham hisoblash mumkin, chunki doimiy xarajatlar oʻzgarmas boʻlib, ularning hosilasi nolga teng boʻladi.

Maʼlum bir ishlab chiqarish darajasidagi umumiy xarajat barcha ishlab chiqarish omillarining xarajatlaridan iborat boʻladi. Iqtisodiy modellarda koʻpincha ikki asosiy omil — jismoniy kapital va mehnat koʻrib chiqiladi.

Kapital miqdori (K) bilan ifodalanadi va qisqa muddatda u doimiy omil hisoblanadi, yaʼni ishlab chiqarish hajmiga qarab oʻzgarmaydi. Kapitalning bir birlik uchun ijara narxi (r) bilan belgilanadi. Shuning uchun umumiy doimiy xarajat (Kr) ga teng boʻladi.

Mehnat esa (L) bilan ifodalanadi va oʻzgaruvchan omil hisoblanadi, yaʼni ishlab chiqarish hajmiga qarab oʻzgaradi. Mehnatning bir birlik uchun narxi yoki ish haqi stavkasi (w) bilan belgilanadi. Shunday qilib, oʻzgaruvchan xarajat (Lw) ga teng boʻladi.

Natijada qisqa muddatda umumiy xarajat quyidagicha ifodalanadi: TC = FC + VC = Kr + Lw

Uzoq muddatda esa ham kapital, ham mehnat oʻzgaruvchan boʻladi. Shu sababli firma ishlab chiqarish hajmiga eng mos kapital va mehnat kombinatsiyasini tanlashi mumkin. Odatda, uzoq muddatdagi umumiy xarajat qisqa muddatdagiga nisbatan pastroq boʻladi, chunki resurslar optimal tarzda tanlanadi.

Boshqa iqtisodiy modellarda umumiy oʻzgaruvchan xarajat (TVC) egri chizigʻi (va shunga mos ravishda umumiy xarajat egri chizigʻi) ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan avval ortib boruvchi, keyin esa kamayib boruvchi marjinal qaytim tushunchalarini tushuntirish uchun ishlatiladi.

Marketing sohasida esa umumiy xarajatlarning oʻzgaruvchan va doimiy xarajatlarga taqsimlanadi. Bu farq turli darajadagi sotuv hajmi oʻzgarishlaridan olinadigan daromadni prognoz qilish hamda marketing kampaniyalarining moliyaviy taʼsirini baholashda muhim rol oʻynaydi.

Taxminan 200 nafar yuqori darajali marketing menejerlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, respondentlarning 60 foizi „oʻzgaruvchan va doimiy xarajatlar“ koʻrsatkichini juda foydali deb baholagan.

Iqtisodiy asosiy koʻrsatkichlar va formulalar

  • Umumiy mahsulot (Q) — ishlab chiqarilgan tovarlar yoki xizmatlar miqdori.
  • Oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat (AVC) = TVC / Q oʻzgaruvchan xarajatning bir birlik mahsulotga toʻgʻri keladigan qismi
  • Oʻrtacha doimiy xarajat (AFC) = ATC — AVC
  • Umumiy xarajat = (AVC + AFC) × Q
  • Umumiy oʻzgaruvchan xarajat (TVC) = bir birlik oʻzgaruvchan xarajat × Q
  • Umumiy doimiy xarajat (TFC) = TC — TVC
  • Marjinal xarajat (MC) = ΔTC / ΔQ umumiy xarajatning ishlab chiqarish hajmidagi oʻzgarishga nisbati
  • Marjinal mahsulot (MP) = ΔQ / Δoʻzgaruvchan omil
  • Marjinal daromad (MR) = ΔTR / ΔQ umumiy daromadning ishlab chiqarish hajmidagi oʻzgarishga nisbati
  • Oʻrtacha mahsulot (AP) = Q / oʻzgaruvchan omil
  • Umumiy daromad (TR) = Narx × Q
  • Oʻrtacha daromad (AR) = TR / Q
  • Umumiy mahsulot = AP × oʻzgaruvchan omil
  • Foyda (Profit) = TR — TC yoki (P — ATC) × Q
  • Zarar = TC — TR (agar musbat boʻlsa)
  • Tenglik nuqtasi — bu yerda AR = ATC boʻlgan ishlab chiqarish hajmi.
  • Foydani maksimal qilish sharti — MR = MC
  • Marjinal daromad — umumiy daromadning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan oʻzgarish tezligi.
Yuqori