| Ulugʻbek yulduzi | |
|---|---|
![]() | |
| Janr | biographical filmva historical film |
| Rejissyor(lar) | Latif Fayziyev |
| Ssenariy muallif(lar)i | Maqsud Shayxzoda |
| Bastakor(lar) | Dani Zakirov, Mixail Ziv |
| Distribyutor | Oʻzbekfilm |
| Premyera sanasi |
|
| Davomiylik | 98 daqiqa |
| Mamlakat | OʻzSSR |
Ulugʻbek yulduzi (ruscha: Звезда Улугбека) – 1964-yil „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan suratga olingan oq-qora formatdagi badiiy film. Latif Fayziyev rejissorligidagi film 1965-yilning 18-oktyabr kuni premyera qilingan.
Syujeti
Tarixiy—biografik film oʻrta asrlar qomusiy olimi, astronom – Mirzo Ulugʻbek hayoti haqida hikoya qiladi. Voqealar XIV asrda roʻy bergan. Ulugʻbek 1424—1428-yillar oraligʻida rasadxona qurdirgan boʻlib, u yerda osmon jismlari harakatining jadvalini tuzib chiqishga muvaffaq boʻlgan. Filmda u davrning ayrim kimsalari olimning ilmiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish jarayoni ochib berilgan.
Rollarda
- Shukur Burhonov – Ulugʻbek
- Olim Xoʻjayev – Xoʻja Ahror
- Oʻlmas Alixoʻjayev – Ali Qushchi
- Hamza Umarov – Abdurazzoq
- Razzoq Hamroyev – Farmonshoh
- Nabi Rahimov – Bobo Kayfi
- Abbos Bakirov – Abbos
- Hikmat Latipov – Sayid Obid
- Rahim Pirmuhamedov – oshpaz
va boshqalar
Ijodiy guruh
- Maqsud Shayxzoda – ssenariy muallifi
- Latif Fayziyev – rejissor
- Aleksandr Pann – operator
- Dani Zokirov, Mixail Ziv – bastakorlar
Mukofotlari
1966-yil Kiyev shahrida oʻtkazilgan Butunittifoq kinofestivalida tarixiy filmlar yoʻnalishida 2-oʻrinni egallagan.
- 1964-yil filmlari
- Oʻzbek filmlari
- Latif Fayziyev filmlari
- Alifbo boʻyicha filmlar
