Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Turkmaniston Konstitutsiyasi (turkmancha — Türkmenistanyň Konstitusiýasy) 1992-yil 18-mayda qabul qilingan boʻlib, Turkmanistonning oliy qonuni hisoblanadi(5-mo

Turkmaniston Konstitutsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Turkmaniston Konstitutsiyasi
Qabul qilingan 18-may 1992
Amal qilayotgan tahriri 21-yanvar 2023

Turkmaniston Konstitutsiyasi (turkmancha — Türkmenistanyň Konstitusiýasy) 1992-yil 18-mayda qabul qilingan boʻlib, Turkmanistonning oliy qonuni hisoblanadi(5-modda). 1995, 1999, 2003, 2006, 2008, 2016, 2020 va 2023-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Konstitutsiya 8 boʻlim va 142 moddadan iborat. Konstitutsiyaviy tuzum asoslariga (I boʻlim) prezidentlik (IV boʻlimning 91-moddasiga muvofiq prezident hukumat boshligʻi ham hisoblanadi), dunyoviylik, betaraflik, hokimiyatning boʻlinishi, bir qator inson huquqlari, xalq suvereniteti, Ashxobodning poytaxt maqomi kiradi. Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar referendum yoki Turkmaniston Majlisi aʼzolarining uchdan ikki qismidan iborat malakali koʻpchilik ovozi bilan kiritilishi mumkin. Ilgari xalq maslahati konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish vakolatiga ega edi. Davlat tuzumi shakli — prezidentlik.

Umumiy tavsif

1 — boʻlim

2008-yilgi Konstitutsiyaning birinchi boʻlimi 17 moddadan iborat. 1-modda Turkmanistonni dunyoviy demokratik va prezidentlik respublikasi deb eʼlon qiladi. Davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligi daxlsiz va boʻlinmasdir. 3-modda shaxs huquqlari va qadr-qimmatini davlat tomonidan muhofaza qilinadigan qadriyat sifatida taʼkidlaydi. 8-moddada chet el rezidentlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar amaldagi qonunchilik va xalqaro shartnomalarga muvofiq Turkmaniston fuqarolari bilan bir xil huquqlardan foydalanadilar. Maxsus sanab oʻtilgan huquqlar qatoriga mulk huquqi (9-modda) va diniy e’tiqod erkinligi (12-modda) kiradi. 4-modda hokimiyatlar boʻlinish prinsipini, shu jumladan sud mustaqilligini belgilaydi. 14-moddada turkman tili rasmiy til sifatida, 17-moddada esa Ashxobod davlat poytaxti eʼkanligi belgilangan. 2008-yilgi Konstitutsiyaga kiritilgan ikkita yangi modda davlatning bozor iqtisodiyotiga sodiqligini, shu jumladan kichik va oʻrta biznesni ragʻbatlantirishni eʼlon qiladi (10-modda) va mamlakatning maʼmuriy jihatdan viloyatlarga, viloyat maqomiga ega boʻlgan shaharlarga, tumanlarga, tuman maqomiga ega boʻlgan shaharlarga, tuman shaharlariga va turli darajadagi qishloqlarga boʻlinishini belgilaydi.

2 — boʻlim

Konstitutsiyaning ikkinchi boʻlimida alohida shaxs va fuqarolarning huquq va majburiyatlari belgilab qoʻyilgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar qatoriga tenglik huquqi (19-modda), jinslar tengligi (20-modda), shafqatsiz jazolardan ozodlik (23-modda) va erkin harakatlanish (26-modda) kiradi. Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarga mehnat qilish huquqi (33-modda), dam olish huquqi (34-modda) va taʼlim olish huquqini (38-modda) oʻz ichiga oladi. Boshqa ijtimoiy huquqlarga tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, qarilik pensiyasi olish huquqi, nogironlik nafaqasi olish huquqi kiradi (35, 37-moddalar). 2008-yilgi Konstitutsiyaga kiritilgan yangi 36 — moddada atrof-muhit sifatiga boʻlgan huquqni belgilaydi va davlat zimmasiga tabiiy resurslarni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish mas’uliyatini yuklaydi.21-moddada shaxsning huquq va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga putur yetkazmasligi hamda axloq, qonun va jamoat tartibi talablariga koʻra cheklanishi mumkinligi belgilangan. 22-moddada har kim yashash huquqiga ega ekani va Turkmanistonda o‘lim jazosi bekor qilingani eʼlon qilingan. 1992-yilgi Konstitutsiyada oʻlim jazosi faqat „eng ogʻir jinoyatlar“ uchun qoʻllanishi mumkin edi (20-modda), biroq bu norma 1999-yilda prezident farmoni bilan bekor qilingan. Shuningdek, 2-boʻlim fuqarolarning ayrim majburiyatlarini ham sanab oʻtadi. Jumladan, harbiy xizmatni oʻtash majburiyati (41-modda) va soliqlarni toʻlash majburiyati (42-modda) shular jumlasidandir.

3 — boʻlim

Uchinchi boʻlimda Turkmanistonning boshqaruv organlari belgilangan. Davlat hokimiyati Turkmaniston prezidenti, majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudiga tegishli (48-modda). 1992-yilgi Konstitutsiyada (3-moddaning 2-bobi) mavjud boʻlgan Turkmaniston Xalq Kengashi 2008-yilgi Konstitutsiyada bekor qilindi. 2008-yilgi Konstitutsiyaning 50-58-moddalari Turkmaniston prezidentining vakolatlarini belgilaydi. Prezident davlat boshligʻi, shuningdek, hukumat boshligʻidir (50-modda). Prezident Turkmanistonning tashqi siyosati uchun javob beradi va mamlakatning bosh qoʻmondoni hisoblanadi (53-modda). Majlis qabul qilgan qonunlarni imzolashdan tashqari, u Prezidentning Turkmanistonda qonun kuchiga ega boʻlgan farmonlarini chiqarishi mumkin (54-modda).

2016-yildagi oʻzgarish

2016-yilda mamlakat Konstitutsiyasi oʻzgartirildi. Turkmaniston tashqi siyosatining yangi tamoyillarini aks ettiruvchi, shuningdek, iqtisodiy va moliya-kredit qoidalarini aniqlashtiruvchi 28 ta modda qoʻshildi.

Adabiyotlar

  • " Xaitov M. O. " Turkmanistonda konstitutsiyaviy islohot // Davlat va huquq. 1994. No 10. S. 46-53.
Yuqori