Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Turkiston“ — ijtimoiy siyosiy gazeta. Muassasi: Oʻzbekiston Respublikasi „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati. 1-soni 1925-yil 8-fevralda „Qizil Oʻzbekiston“ ga

Turkiston (gazeta)

Turkiston“ — ijtimoiy siyosiy gazeta. Muassasi: Oʻzbekiston Respublikasi „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati. 1-soni 1925-yil 8-fevralda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetaning 51-soniga ilova tarzida chop etilgan. 1925-yil 18-apreldan „Yosh leninchi“ nomi bilan Oʻzbekiston L KSM tashkilot byurosining organi sifatida haftada 1 marta (8000 nusxada) mustaqil chiqa boshlagan. 1992-yil 1-yanvardan hozirgi nomda. 1929—35-yillar nomuntazam, 1936—66-yillarda haftasiga 3 martadan chiqqan. Gazeta 1929—30 yillarda Samarqandda nashr etilgan. „Turkiston“ ning gazetasi. sifatida shakllanishida tashkilotchilardan Vladimir Glazkov, Ergash Bayxonboyev, qalamkashlar Komiljon Alimov, Ayub Aʼzamov, Ziyo Sayd, Abdusalom Niyozov hamda oʻzbek erlar bilim yurtining talabalari va boshqa ijodkorlarning hissasi katta boʻlgan. Sahifalarida oʻzbek adabiyotining taniqli namoyandalari Gʻafur Gʻulom, Mirtemir, Gʻayratiy, Yashin, Uygʻun, Hamid Olimjon, Ziyo Sayd, Nazir Safarov, Oydin, Anqaboy va boshqalarning sheʼr, hikoyalari tez-tez chiqib turgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida gaz.ning chiqishi vaqtincha toʻxtatilgan. 1946-yildan yana nashr etila boshlagan. „Turkiston“ga turli davrlarda Bois Koriyev (Oltoy), Akmal Poʻlat, Sotvoldi Yoʻldoshev, Gʻani Jahongirov, Abdulazal Vahobov, Rustam Shogʻulomov, Jabbor Razzoqov, Gʻaffor Hotamov, Abduqodir Niyozov va boshqa muharrirlik qilishgan. Gazetada Oʻzbekiston yoshlari bilan bogʻliq muammolar va ular erishgan yutuqlar haqida maqolalar berib boriladi. 2003-yil iyunda „T.“ va „Molodyoj Uzbekistana“ gazetalarining birlashgan taxririyati yuzaga kelgan. Adadi 17000 (2004).

Yuqori