| Turgʻun Azizov | |
|---|---|
| Tugʻilgandagi ismi | Turgʻun Tursunovich |
| Tugʻilgan sanasi | 30-noyabr 1934-yil |
| Tugʻilgan joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Vafot sanasi | 22-yanvar 2024-yil (89 yoshda) |
| Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Teatr | Oʻzbek milliy akademik drama teatri |
| Mukofotlari | |
Turgʻun Tursunovich Azizov (ruscha: Азизов, Тургун Турсунович; 30-noyabr 1934, Toshkent – 22-yanvar 2024-yil, Toshkent) – aktyor va rejissyor. O‘zbekiston SSR xalq artisti (1974). Toshkent sanʼat institutini tugatgach (1956), Hamza teatrida aktyor. Taniqli Oʻzbekiston xalq artisti Abror Hidoyatovning jiyani.
Hayoti
Turgʻun Azizov 1934-yil 30-noyabrda Toshkentdagi „Beshqayragʻoch“ (oldingi „Saryogʻchi“) mahallasida tugʻilgan. 1956-yilda avvalgi Oʻzbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tugatib, oʻsha yili hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritishni boshlagan.
Faoliyati
Asosiy rollari: Ferdinand („Makr va muhabbat“), Ilyos („Sarvqomat dilbarim“), Eydzi („Oʻgʻirlangan umr“), Mar-kTuysk („Oqpadar“), Niyoz („Nomaʼlum kishi“), Yoʻlchi („Qutlugʻ qon“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Edmund („Qirol Lir“), Ulugʻbek („Mirzo Ulugʻbek“), Amir Nasrullo („Nodirabegim“), Otello („Otello“) va boshqa Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli „Oʻlimdan kuchli“ spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon („Gang uzra tong“), Bakir („Maftuningman“), Amir Nasrullo (Nodirabegim"), Ota Maqsumov („Uzoq-yaqin yillar“), Mirzakarimboy („Parol – Regina mehmonxonasi“), Dadaboy („Qoʻqon voqeasi“, telefilm) kabi obrazlar yaratdi. Liriko-dramatik va romantik plandagi rollarni zoʻr ehtiros va joʻshqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar harakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, oz harakatda koʻp maʼno anglatishga, qahramonining his-tuygʻulari, ichki kechinmalarini tabiiy ifodalashga intiladi. Rejissyor sifatida „Mirzo Ulugʻbek“, „Alisher Navoiy“, „Mehrobdan chayon“, „Chimildiq“, „Mashrab“ (hammasi M. Abdullayeva bilan hamkorlikda) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist: (1967)
- O‘zbekiston SSR xalq artisti: (1974)
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni.
- Mehnat shuhrati ordeni: (2001)
- Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari: (2023)
- 30-noyabrda tugʻilganlar
- 1934-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 22-yanvarda vafot etganlar
- 2024-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Sovet aktyorlari
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Oʻzbekiston rejissyorlari
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari