Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tselinograd tumani — Akmola viloyatining janubi-sharqida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,4 ming km². Aholisi 61,278 kishi, oʻrtacha zichligi km²

Tselinograd (tuman)

Tselinograd tumani
Целиноград ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Akmoʻl
Asos solingan sanasi 1936-yil
Akim Junusov Manat Qunantayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 61,278
Zichligi 7,7 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 67,16%
Ruslar - 16,03%
Olmonlar - 4,08%
Ukrainlar - 3,84%
Beloruslar - 2,47%
Tatarlar - 1,78%
Polyaklar - 1,07%
boshqalar - 3,57%
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 7 888 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 010016-010029
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Tselinograd tumani xaritada
51°9′0″N 71°21′0″E / 51.15000°N 71.35000°E / 51.15000; 71.35000

Tselinograd tumani — Akmola viloyatining janubi-sharqida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,4 ming km². Aholisi 61,278 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Akmoʻl qishlogʻi. Tuman hududi orqali Astana — Qarataldi (Qartali), Qaragʻandi — Petropavlovsk, Astana — Pavlodar temir yoʻli va Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Aholisi

Aholisi 61,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)

  • qozoqlar — 28 885 kishi (67,16 %)
  • ruslar — 6 893 kishi (16,03 %)
  • olmonlar — 1 756 kishi (4,08 %)
  • ukrainlar — 1 651 kishi (3,84 %)
  • beloruslar — 1 063 kishi (2,47 %)
  • tatarlar — 766 kishi (1,78 %)
  • polyaklar — 460 kishi (1,07 %)
  • moldavanlar — 138 kishi (0,32 %)
  • boshqirdlar — 136 kishi (0,32 %)
  • koreyslar — 126 kishi (0,29 %)
  • chechenlar — 116 kishi (0,27 %)
  • udmurtlar — 102 kishi (0,24 %)
  • boshqalari — 915 kishi (2,13 %)
  • Umumiy — 43 007 kishi (100,00 %)

Iqlimi

Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, qorning oʻrtacha qalinligi 20 sm. Iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 — 300. mm.

Ijtimoiy soha

Tumanda 1 bolabogʻcha, 26 ta oʻrta, 14 ta toʻliqsiz, 10 ta boshlangʻich maktab, kasbiy-texnik maktab, 1 oliy oʻquv yurtining filiali, 1 musiqa, 1 sport maktabi, 62 ta klub, 68 ta kutubxona, 15 ta oilaviy-shikorlik shifoxona, 31 feldsher-akusherlik punkt bor.

Katta qishloqlari

  • Malinovka qishlogʻi
  • Qabanbay qishlogʻi
  • Ilinka qishlogʻi
  • Novotimofeevka qishlogʻi
  • Jangʻizqudiq qishlogʻi
  • Oʻrazaq qishlogʻi
Yuqori