Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Trollar (inglizcha: Trolls) 2016-yilda ekranlarga chiqarilgan komediya janridagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan is

Trollar (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Trollar
Trolls

Film posteri
Rejissyor(lar) Mike Mitchell]
Prodyuser(lar) Gina Shay
Ssenariy
muallif(lar)i
  • Jonathan Aibel
  • Glenn Berger
Qaysi asarga
asoslangan
troll doll
Rollarda
Bastakor(lar) Christophe Beck
Operator(lar) Yong Duk Jhun
Montajyor(lar) Nick Fletcher
Studiya DreamWorks Animation
Distribyutor 20th Century Fox
Premyera
sanasi
Amerika Qoʻshma Shtatlari 4-noyabr, 2016-yil
Davomiylik 92 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Byudjet $125 million
Daromad $346,8 million
Keyingi film Trollar: Dunyo boʻylab ijodiy safar

Trollar (inglizcha: Trolls) 2016-yilda ekranlarga chiqarilgan komediya janridagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Thomas Dam yaratgan qoʻgʻirchoqlarga asoslangan. Film rejissori — Mike Mitchell, hikoyani esa Erica Rivoji yozgan. Filmda bosh qahramonlarga Anna Kendrick, Justin Timberlake, Zooey Deschanel, Russell Brand, James Corden va Gwen Stefani ovoz bergan. Film baxtli boʻlish uchun trollarni yeydigan Bergenlar deb ataluvchi maxluqlar bosqinidan qishlogʻini saqlamoqchi boʻlgan ikki troll haqid hikoya qiladi.

Trollar filmi premyerasi AQShda 4-noyabr 2016-yilda boʻlib oʻtdi. Film $125 millionlik budjeti bilan dunyo boʻylab $346 million ishlab topdi. Kinotanqidchilar tomonidan ham ijobiy baholandi.

Filmning sikveli — Trollar: Dunyo boʻylab ijodiy safar 10-aprel 2020-yilda chiqarildi.

Ovoz berganlar

  • Anna Kendrick — Atirgul
  • Justin Timberlake — Vaysaqi
  • Zooey Deschanel — Bridget
  • Christopher Mintz-Plasse — shahzoda Gristle
  • Christine Baranski — oshpaz
  • Russell Brand — Krik
  • Gwen Stefani — DJ Suki
  • James Corden — Biggi
  • Jeffrey Tambor — qirol Peppy
  • Ron Funches — Kuper
  • Icona Pop — Satin va Chenille
  • Kunal Nayyar — Guy Diamond
  • John Cleese — qirol Gristle Sr.

Musiqasi

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Christophe Beck yaratgan.

NomiDavomiyligi
1.„No Troll Left Behind“1:55
2.„Trollstice“2:02
3.„Exile“1:15
4.„Collect 'em All“2:47
5.„Bunker“0:43
6.„Spiders!“0:51
7.„Campfire“1:40
8.„Chef Returns“1:58
9.„Run Cloud Run!“0:20
10.„Your Eyes“1:01
11.„Trolls Al Pastor“1:53
12.„Rescue“1:53
13.„Sellout“1:56
14.„Knocked Down“2:45
15.„Waiting For Glittersparkles“2:51
16.„Skate Save“0:46
17.„Empty Belly, Full Heart“1:38
Jami davomiyligi:28:00

Sikveli

28-fevral 2017-yilda Universal Pictures va DreamWorks Animation kompaniyalari Trollar filmining davomi ishlanishini va uning nomi Trolls 2 (Trollar 2) boʻlishini eʼlon qildi. Oʻsha paytda filmni 10-aprel 2020-yilda chiqarish rejalashtirilgan edi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, Kendrick va Timberlake yana Atirgul (Poppy) va Vaysaqi (Branch) personajlariga ovoz berishi maʼlum boʻldi.

Sikvelning yangi nomi — Trolls World Tour 2018-yil iyunida eʼlon qilindi.

Yuqori