Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Tojikiston SSR (tojikcha: Республикаи Советии Социалистии Тоҷикистон; ruscha: Таджикская Советская Социалистическая

Tojik SSR

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Maqom Sovet Ittifoqi respublikasi (1929–91)
Hukumat boshchisi  
 1929-1933
Abdurrahim Hojibayev
 1986-1991
Izatullo Xayoyev
Tarixiy era XX asr
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Tojikiston ASSR
Tojikiston
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Tojikiston
 Xitoy

Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Tojikiston SSR (tojikcha: Республикаи Советии Социалистии Тоҷикистон; ruscha: Таджикская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Tojikistoni deb yuritiladi.

1924-yil 14-oktabrda milliy davlat chegaralanishi natijasida Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan. Avtonom respublika 1929-yil 16-oktabrda Tojikiston SSRga aylantirilgan. Tojikiston SSR 1929-yil 5-dekabrda Sovet Ittifoqi tarkibiga toʻliq ittifoqdosh respublika sifatida kirgan.

Tojikiston SSR poytaxti Dushanbe shahri boʻlgan. Respublika 45 rayonga boʻlingan, 19 shahar, 49 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.

1990-yilning 24-avgustida Tojikiston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni respublika nomi Tojikiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1991-yilning 9-sentabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Tojikiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Tarixi

Tojikiston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida paydo boʻlgan. VI—IV asrlarda Axomaniylar davlati, soʻngra makedoniyalik Iskandar qoʻl ostida boʻlgan. Tojikiston SSR IX—X asrlarda Tohiriylar va Somoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan kezlarda tojik elati tarkib topa boshlagan. X—XIII asrlarda Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan. XIV asrning 2-yarmidan Tojikiston SSR Temuriylar davlati, XVI asrdan Buxoro xonligi qoʻl ostida boʻlgan.

Tojikiston SSRning Zarafshon togʻlarida yosh pionerlar

1868-yili Tojikiston SSRning shimoliy qismini Rossiya egallab olgan, janubiy qismi esa Rossiyaga vassal qaramlikdagi Buxoro xonligi tarkibida qolgan.

XX asr boshida ilk sotsialist-demokratik toʻgaraklar paydo boʻlgan. Tojikiston SSR shimolida Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr — 1918-yil fevralida oʻrnatilib, hududi Turkiston ASSR tarkibida boʻlgan. Buxorodagi Xalq inqilobidan keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan.

Yuqori