| Toʻlagan Qosimbek | |
|---|---|
| Tavalludi | 1931.15.1 Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi |
| Vafoti | 2011.16.6 Bishkek, Qirgʻiziston |
| Fuqaroligi | SSSR va Qirgʻiziston |
| Sohasi | yozuvchi |
| Mashhur ishlari | Singan qilich |
| | |
Toʻlagan Qosimbek (1931.15.1, Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986).
„Yilqichi oʻgʻli“ (1956), „Tugʻilgan yer“ (1958) kitoblari, „Odam boʻlgim keladi“ (1960) qissalari bilan tanilgan.
„Singan qilich“ (1966) romani mashhur. Asarda qirgʻiz xalqining 19-asr oʻrtalaridagi hayoti tasvirlangan. Qoʻqon xonligi davriga oid tarixiy voqealar, Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan zabt etilishi, uning oʻzbeklar va qirgʻizlar taqdiriga taʼsiri epik planda koʻrsatilgan.
„Kelkel“ („Toleʼ“, 1986) romani — „Singan qilich“ning mantiqiy davomi boʻlib, unda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 1-choragidagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti Toʻqtagʻul, Qurbonjon dodxoh kabi tarixiy shaxslar taqdiri orqali ochib berilgan.
- Qirgʻizistonlik yozuvchilar
- Sovet yozuvchilari