Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Timo Werner (1996-yil 6-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynaydi. „RB Leipzig“ va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

Timo Werner

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Timo Werner
Werner 2020-yil RB Leipzig libosida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Timo Werner
Tavallud sanasi 1996-yil 6-mart (1996-03-06) (30 yosh)
Tavallud joyi Stuttgart, Germaniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tottenham Hotspur
(RB Leipzig jamoasidan ijara)
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
TSV Steinhaldenfeld
2002—2013 VfB Stuttgart
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 VfB Stuttgart 95 (13)
2014 VfB Stuttgart II 1 (1)
2016—2020 RB Leipzig 127 (78)
2020—2022 Chelsea 56 (10)
2022— RB Leipzig 38 (11)
2024—2025 →  Tottenham Hotspur 31 (2)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Germaniya U15 4 (3)
2011—2012 Germaniya U16 5 (2)
2012—2013 Germaniya U17 18 (16)
2013—2015 Germaniya U19 14 (10)
2015—2016 Germaniya U21 7 (3)
2017—2023 Germaniya 57 (24)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-may uchun)

Timo Werner (1996-yil 6-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynaydi. „RB Leipzig“ va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

Werner oʻzining katta klubdagi faoliyatini 2013-yilda VfB Shtutgartda boshlagan va klubning eng yosh debyutanti va eng yosh toʻpurarga aylangan. U 2016-yilda 20 yoshida RB Leipzigga 10 million yevro evaziga transfer qilingan va bu oʻsha paytdagi rekord transferga aylangan. U Bundesligada 200 oʻyin oʻtkazgan eng yosh futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi. Werner, shuningdek, 2019-20-yilgi mavsumda liganing ikkinchi eng koʻp gol urgan futbolchisi boʻldi. „Leipzig“ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurariga aylanganidan soʻng, Werner 2020-yilda „Chelse“ga 50 million yevro evaziga transfer qilindi va klubdagi birinchi mavsumidayoq UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritdi. Hujumchi 2022-yil yozgi transferlar paytida oʻzining eski klubi RB Leipzigga qaytdi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil etdi.

Werner Germaniya terma jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi xalqaro miqyosdagi musobaqada to‘purar bo‘lgan va turli yosh guruhlarida 48 ta o‘yinda 34 ta gol urgan. Werner 2017-yilda kattalar jamoasi safida debyut qildi va Germaniyaga 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi hamda turnirning eng koʻp gol urgan futbolchisi sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritdi. U shuningdek, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro-2020da Germaniya sharafini himoya qilgan.

Yoshlik

Werner Shtutgartda, Baden-Vyurtembergda futbolchi Günther Schuh (talaffuzi: Gyunter Shux) va Sabine Werner oilasida tugʻilgan.

Klubdagi faoliyati

VfB Stuttgart

Werner VfB Stuttgart safida 2013-yil

Werner 2002-yilda VfB Stuttgart akademiyasiga qoʻshilishdan oldin TSV Steinhaldenfeldda oʻynagan. 2012-13-yilgi mavsumda u oʻsha paytda atigi 16 yoshda boʻlishiga qaramay, U19 jamoasiga qabul qilindi. Oʻsha mavsumda u 24 ta gol urdi va 2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi oltin Fritz Valter medalini qoʻlga kiritdi.

Werner oʻsha yili 2013-14-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichida PFC Botev Plovdivga qarshi oʻyinda debyut qildi. Shu tariqa, u 17 yosh, 4 oy va 25 kunligida Stuttgart safida rasmiy o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi va Gerhard Poschner rekordni yangiladi. Keyingi haftalarda u Stuttgartning Bundesliga va DFB-Pokaldagi eng yosh oʻyinchisiga aylandi va klub safida birinchi golini Ayntraxt Frankfurtga qarshi oʻyinda urganidan keyin eng yosh toʻpurarga aylandi. U 10-noyabr kuni „SC Freiburg“ ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda dubl qayd etib, navbatdagi rekordni yangiladi va shu tariqa Bundesliga tarixidagi bir o‘yinda ikkita gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

RB Leipzig

Verner 2019-yilda „RB Leipzig“ safida

2016-yilning 11-iyunida Werner „RB Leipzig“ bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi, transfer narxi 10 million yevroni tashkil etdi. 2016-yil 26-sentabrda u Bundesliganing 100 ta o‘yinida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Shu tariqa, u ilgari Julian Drakslerga tegishli bo‘lgan rekordni 22 kunga yaxshiladi, u 2019-yilda Havertzdan o‘tib ketdi. Werner Bundesliganing 2016-17-yilgi mavsumini 21 gol bilan yakunladi va bu natija uni divizionda Germaniyaning yetakchi toʻpurariga aylantirdi va RB Leipzigga klub tarixida birinchi marta UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma olishiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Chelsea

Werner 2021-yil „Zenit“ darvozasiga gol urishi.

2020-yil 18-iyun kuni Werner Angliya Premer ligasining „Chelsi“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Bu transfer London klubiga 47,5 million funt sterlinga tushdi. U klubga 1-iyul kuni kelib qoʻshildi. U 14-sentabr kuni „Brighton & Hove Albion“ ga qarshi safarda 3:1 hisobidagi g‘alaba qozonilgan uyinda debyutini o‘tkazdi. 29-sentabr kuni Werner „Chelsi“da birinchi golini „Tottenham“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritdi. 17-oktyabr kuni Werner dubl qayt etdi va bu uning birinchi gollari edi. 28-oktyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini Rossiyaning "Krasnodar" jamoasi darvozasiga penaltidan kiritdi.

Terma jamoadagi faoliyat

Werner 2019-yilda Germaniya safida

Werner Germaniyani yoshlar jamosida himoya qilgan, U15, U16, U17, U19 va U21 jamoalarida oʻynagan va jami 48 oʻyinda 34 ta gol urgan. 2010-yilda u Germaniya U15 terma jamoasi safida Polshaga qarshi oʻyinda birinchi marta xet-trik qayd etgan. Ikki yil oʻtgach, u 2012-yilgi UEFA U17 Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Germaniya jamoasining aʼzosi edi.

Werner 2017-yil 22-26-mart kunlari Angliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida va 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ozarbayjonga qarshi oʻyinda nbosh murabbiy Joachim Löw (talaffuzi: Yoaxim Lyov) tomonidan 2017-yilda Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Oʻyin uslubi

Werner tezligi tufayli „Turbo Timo“ degan nom bilan mashhur. Mehnatkash va baquvvat hujumchi, u yoshligida dastlab vinger sifatida oʻynagan, keyin hujumchi va markaziy hujumchi ampluasiga oʻtgan. U oʻzining jismoniy tayyorgarligi, havodagi oʻyini yoki toʻpni ushlab turishi bilan mashhur boʻlmasa-da, u ajoyib toʻpurar, toʻpsiz ajoyib harakat qila oladi, shuningdek, oʻng oyogʻi bilan penaltidan ham, jarima maydoni ichidan ham kuchli va aniq zarba bera oladi. Maydonda u odatda chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, oyogʻi bilan darvozaga kuchli va aniq zarba berishni afzal koʻradi, hatto oʻng qanotdan hujum uyushtirib, chap oyogʻida ham aniq zarba bera oladi.

Yutuqlari

RB Leipzig

  • DFB-Pokal 2-oʻrin: 2018-19

Chelsea

  • UEFA Chempionlar ligasi: 2020-21
  • UEFA Superkubogi: 2021
  • FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2021
  • Angliya kubogi sohibi: 2020-21, 2021-22
  • EFL kubogi sohibi: 2021-22

Germaniya

  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017

Shaxsiy yutuqlari

  • Fritz Valter oltin medali (U17): 2013
  • Fritz Valter kumush medali (U19): 2015
  • UEFA Chempionlar ligasi turniri ramziy jamoasi: 2017
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi „Oltin butsa“ sohibi: 2017
  • UEFA Yevropa ligasining mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2017-18
  • Bundesliganing mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2019-20
  • Bundesliganing mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2019-20
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil noyabr, 2019-yil dekabr
Yuqori