| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Oqtoʻbe viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Shubarquduq |
| Asos solingan sanasi | 1972-yil |
| Akim | Qaniyev Baurjan Nuraliuli |
| Rasmiy tillar | qozoq |
| Aholi (2013) | 36,551 |
| Zichligi | 3 kishi./km² |
| Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
| Maydoni | 12,600 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +7 71346 |
| Pochta indeksi | 030800-030811 |
| Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
| Xaritada | |
| | |
| 49°8′38″N 56°28′56″E / 49.14389°N 56.48222°E | |
Temir tumani — Oqtoʻbe viloyatining gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,6 ming km2. Tuman 1972-yili tashkil topgan. Aholisi 36 551 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Shubarquduq qishlogʻi.
Geografiyasi
Temir tumani Mugʻaljar togʻining janubi-gʻarbida joylashgan. Eng baland choʻqqisi 355 m (Badamsha qishlogʻining atrofida). janubi-gʻarbiy qismi tekisliklar iborat. Foydali qazilmalaridan: neft, tosh koʻmir, qurulish materiallari bor. Ularning ayrimlari qazib olinadi.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –15 – 17 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 24°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mm.
Aholi punktlari
Oltiqorasuv, Shigʻirli (Borodinovka), Jombil (Leninskoe), Birlik (Rojdestvenskoe), Kenkiyak, Qoʻpa, Qumquduq, Neftyanik, Oqsoy (Perelyubovka), Taskopa, Temir, Shubarquduq, Shubarshi.
Ijtimoiy soha
Tumanda 32 ta maktab, 2 ta madaniyat uyi, 14 kutubxona aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida 3 ta kasalxona, tuman kasalxonasi, sanepidstansiya, 17 feld.-akusherlik punkt aholi uchun xizmatda.
Sanoati
Sanoatida tuman hududi bir nechta yirik korxonalari bor. Ularning yiriklari: „Qaraqamis“, „Stroyuniversal“ MChJ, „Koʻlik“ AJ, „Aliya joʻldari“, „Shans-1“, „Manas“, „Ayqap“, „Sagor“, „Tasqudiq“, „Oqtoʻbemunaygaz“, Kenjiluenergiya", „Toʻlgʻanay“ MChJ-lari va boshqalari faoliyat yuritmoqda.
- Oqtoʻbe viloyati
- Qozogʻiston tumanlari